ularni notoʻgʻri
mazmunda ishlatsangiz, jumlaning maʼnosi
oʻzgarib ketishi mumkin. Agar siz bunday jumla uchun imloni
tekshiruvchi
dasturdan foydalansangiz, u notoʻgʻri soʻzni
imloviy xato sifatida belgilamaydi,
chunki texnik jihatdan bu
imlo xatosi boʻlmaydi.
15.03-rasm. Gomofonga misol.
Yuqorida aytib oʻtilganlardan tashqari,
imloni tekshiruvchi
dasturda foydalanuvchilarga imlo xatolarni to‘g‘rilashdan ko‘ra
koʻproq imkoniyatlarni taqdim etuvchi boshqa funksiyalar
ham boʻlishi mumkin. Siz soʻzni
oʻzgartirishingiz va notoʻgʻri
yozilgan soʻzni almashtirish uchun tavsiya etilgan soʻzlardan
birini qabul qilishingiz mumkin. Agar bir nechta soʻzda bir
xil imloviy xatoga yoʻl qoʻysangiz,
ularning barchasini
oʻzgartirishingiz yoki notoʻgʻri yozilgan soʻzni oʻzini yoki
barchasini eʼtiborsiz qoldirishingiz mumkin. Agar yozgan
so‘zingizning toʻgʻri yozilganiga ishonchingiz komil bo‘lsa,
lugʻatga qoʻshish funksiyasini tanlashingiz mumkin.
Grammatik xatoni tekshirish
Ushbu gaplardan qaysi biri toʻgʻri maʼnoga ega? “Men u
filmga koʻrdim” yoki “Men u filmni koʻrdim”? Ushbu ikkala
gapning ham imlosi tekshirildi va hech qanday soʻzning
tagiga
toʻlqinsimon chiziq chizilmadi, chunki “filmga” va “filmni”
soʻzlari toʻgʻri yozilgan. Biroq birinchi
gap grammatik jihatdan
notoʻgʻri. Siz matnni toʻgʻri yozilgan deb oʻylashingiz mumkin,
chunki hech qaysi soʻz xato deb belgilanmagan, ammo
matnda grammatik xatolarni tekshirish vositasi ham aniqlay
olmaydigan xatoliklar boʻlishi mumkin.
Siz matndagi barcha
grammatik xatolarni tekshirish uchun grammatik xatolarni
tekshirish vositasiga ishonib qolmasligingiz lozim.