2
“Orlan-10” uchuvchisiz uchish apparatining
taktik-texnik ko‘rsatgichlari bo‘yicha
O‘QUV QO‘LLANMA
3
1. UUA to‘g‘risida asosiy ma’lumotlar
1.1. “Orlan-10” UUAning asosiy geometrik ma’lumotlari.
Apparatning uzunligi……………………………………………………….
1960 mm
Qanotlar kengligi………………………………………………………..
3200 mm
Apparat balandligi………………………………………………………
460 mm
1960 mm
3200 mm
460
mm
1-rasm. –UUAning umumiy ko‘rinishi
4
1.2. UUA to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar
Majmua tarkibida bo‘lgan Orlan-10E uchuvchisiz uchish apparati (UUA)
jangovar harakatlar va maxsus operatsiyalarga tayyorgarlik ko‘rilishini
hamda
o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida havo razvedkasini olib borish uchun
mo‘ljallangan.
“Orlan-10E” UUA modifikatsiyasiga belgilangan
vazifalar turiga qarab,
ushbu vazifani bajarish uchun mo‘ljallangan u yoki bu turdagi foydali yuklama
qo‘yilishi mumkin.
Majmua tarkibidagi UUAga xizmat ko‘rsatadigan hisob uch kishidan iborat:
apparat (UUA)
boshqaruv operatori, foydali yuklama operatori va uchirish
pozitsiyasi texnigi (UPT).
Ushuvchisiz uchish apparati o‘zida erkin ko‘tarib
turuvchi qanotlar yuzasi
hamda kuch qurilmasi sifatida ishlovchi, fyuzelyajning
old qismida joylashgan
porshenli, bir silindrli, to‘rt taktli, benzinli va havo bilan sovutiladigan ikki parrakli
ichki yonuv dvigatelini namoyon etadi.
Berilgan marshrut bo‘yicha UUAni boshqarish avtomatik boshqaruv tizimi
(ABT) va yerdagi masofadan boshqaruv punkti (YeMBP)ning
maxsus dasturiy
ta’minoti (MDT) yordamida amalga oshiriladi. Parvoz mobaynida UUA boshqaruv
operatori yerdagi masofadan boshqaruv punkti (YeMBP) va UUA o‘rtasida radio
aloqa mavjud bo‘lgan hollarda maxsus dasturiy ta’minot (MDT)
yordamida
UUAning harakat yo‘nalinini to‘g‘rilagan holda parvoz vazifalarini o‘zgartirish,
real vaqt mobaynida foydali yuklama ish rejimini o‘zgartirish imkoniyatiga ega.
UUAni uchirish tayyorlangan va tayyorlanmagan uchish maydonidan
uchirish qurilmasidan foydalangan holda amalga oshiriladi.