22
1.13 Parvoz-navigasion jihozlari
Parvoz-navigasion
jihozlari UUAni avtomatik, yarimavtomatik va avtonom
rejimlarida berilgan marshrut bo‘yicha
boshqarish, shuningdek ekipajni parvoz-
navigasion ma’lumotlar bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan.
UUAning parvoz-navigasion jihozlariga kiradi:
− Havo parametrlarini aniqlovchi vosita;
− Samoletning havodagi holatini aniqlovchi vosita.
O‘z navbatida havo parametrlarini aniqlovchi vosita o‘z ichiga oladi:
− Parvoz balandligi va tezligining parametrlarini aniqlab beruvchi dinamik
va statik bosim tizimi;
− Statik va dinamik bosim o‘lchash datchiglari.
Statik va dinamik bosim o‘lchash datchiglari UUA harakatlanishida uning
havodagi tezligini va barcha foydalanish diapazonida barametrik balandligini
o‘lchashini ta’minlab beradi.
Samoletning havodagi holatini aniqlovchi vositalarga kiradi:
− 3 o‘qli ikki darajali giroskop (burchak tezligi datchigi);
− 3 o‘qli akselerometr;
− 2 o‘qli kompas, krenni, tangajni,
samolet kursini, 3 o‘q atrofida
UUAning
burchak tezligini, 3 o‘q bo‘ylab chiziqli tezlanishini,
UUAning magnit kursini va boshqa parvoz-navigasion ma’lumotlarni
aniqlash uchun mo‘ljallangan.
Datchiklardan olingan ma’lumotlar avtomatik boshqaruv tizimiga (ABT)
uzatiladi,
qayta ishlanadi, undan keyin UUAning fazodagi holati aniqlanadi.
UUAning fazodagi holati bo‘yicha ma’lumotlar KTR moduli orqali EMBP UUA
boshqaruv operatoriga jo‘natiladi va tasvirlanadi.
2. Radioaloqali va radiotexnik jihozlar
Radioaloqali jihozlari o‘z ichiga komanda-telemetriya radiochizig‘i (KTR)
va ma’lumot jo‘natishning keng chiziqli yuqori tezlidagi kanali (ShPK).