12
og‘zidan o‘tkazgichlar orqali apparatning bakiga borib tushadi. Yoqilg‘i bilan
bakni to‘ldirish talab qilinadigan sathi rejalashtirilgan parvoz vazifalaridan kelib
chiqib hisob-kitob asosida aniqlanadi (umumiy sig‘imning 50%dan kam
bo‘lmagan darajada) va uchirishdan oldingi tayyorgarlik bosqichi mobaynida
belgildangan miqdorda yoqilg‘i bilan to‘ldiriladi.
1-jadval. Bakga quyiladigan va ishlatiladigan yoqilg‘i miqdori to‘g‘risida
ma’lumot.
Bakga quyiladigan yoqilg‘i
miqdori
Ishlatiladigan yoqilg‘i
miqdori
To‘kib tashlanadigan
ishlatilmaydigan yoqilg‘i
miqdori
5030 ml
4920 ml
110 ml
DIQQAT. UUA YOQILG‘I BAKINING SIG‘IMI QUYILADIGAN
YOQILG‘I
MIQDORIDAN
QO‘PROQ
BO‘LGANLIGI
SABAB
(KONSTRUKTIV XUSUSIYATLARIGA BOG‘LIQ), APPARATGA YOQILG‘I
QO‘YISH FAQAT OLDINDAN O‘LCHANGAN VA 1-JADVALDAN QO‘P
BO‘LMAGAN MIQDORDA QO‘YILISHI LOZIM. AKS HOLDA UUA
MAKSIMAL
UCHIRISH
OG‘IRLIGIDAN
KO‘PAYIB,
UCHIRISH
QURILMASIDAN UCHIRISH MOBAYNIDA AVARIYA HOLATI YUZ
BERISHI MUMKIN.
UUAga yoqilg‘i tayyorlashda yo‘riqnomada nazarda tutilgan benzin va unga
mos keluvchi moy ko‘llaniladi.
− asosiy – yuqori sifatli etillashtirilmagan benzin premium evro-95
GOST R 51866-2002 hamda 1:30 nisbatda Motul 2T KART GRAND
PRIX moyi.
− o‘rnini bosuvchi – oddiy sifatli etillashtirilmagan benzin regulyar evro-92
GOST R 51866-2002 hamda 1:30 nisbatda ikki taktli, maksimal yuqori
yonish tempraturaga ega dvigatellar uchun ishlatiladigan sintetik moy.
UUA kuch qurilmasi tarkibiga kiruvchi ichki yonuv porshenli dvigatelining
o‘rtacha yoqilg‘i sarfi soatiga 400±10 mlni tashkil qiladi (3000 metr baladlikgacha
shu bilan birga gorizontal parvoz davomida 80±5km/soat tezlikda).
UUA fyuzelyajida yoqilg‘i tizimi elementlarining joylashuv tasviri 7-rasmda
keltirilgan.