• Posadka”
  • "Orlan-10" uchuvchisiz uchish apparatining taktik-texnik ko‘rsatgichlari bo‘yicha




    Download 79,17 Kb.
    bet8/18
    Sana21.05.2024
    Hajmi79,17 Kb.
    #248576
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
    Bog'liq
    Orlan-10 uchuvchisiz uchish apparatining taktik-texnik ko‘rsat-fayllar.org (1)

    1.12. Qo‘nish tizimi 
    Qo‘nish tizimi oldindan tayyorlanmagan va tayyorlangan er maydonlarida
    UUAni to‘gri qo‘ndirishni ta’minlash uchun mo‘ljallangan.
    Ushbu tizimdan foydalanish mobaynida UUAning vertikal tezligi
    va er sirtiga zarba berish kuchi kamayadi. Bu o‘z navbatida fyuzelyaj, aerodinamik
    yuzani (qanot, dum qanoti), apparatda joylashgan xar xil aviatsion va radiotexnik
    tizimlarni mexanik talofatlardan asragan holda yumshoq qo‘nishni ta’minlab
    beradi.
    Qo‘nish tizimining asosiy texnik tasnifi 2-jadvalda keltirilgan.
    2-jadval. Qo‘nish tizimining asosiy texnik tasnifi
    Parametrlar nomlanishi
    Qiymati
    Parashyut tizimi
    Parashyut turi
    xochsimon
    Kupol maydoni, m
    2
    12
    Taxlangan parashyutning gabarit o‘lchamlari, m:
    - uzunligi
    - kengligi
    - baladligi
    0,27±0,01
    0,16±0,01
    0,05±0,01
    Parashyutning og‘irligi, kg
    0,3
    standart atmosfera sharoitida hamda apparatning og‘irligi o‘rtacha 15 kg
    bo‘lganda vertikal pasayish (ko‘nish) tezligi, m/s
    5
    Tizim ishlashda er yuzasidan minimal xavfsiz balandligi, m
    80
    Parashyut bo‘lmasi ochilganidan kupol to‘liq havo bilan to‘lishigacha
    bo‘lgan vaqt, s
    5
    Parashyut stropa (ip)larining soni
    16
    Parashyut stropa (ip)larining uzunligi, m
    6
    Osma tizimidagi falning uzunligi, m
    3,45
    Osma tizimidagi stropa (ip)larining soni
    3
    Osma tizimidagi stropa (ip)larining uzunligi, m:
    – oldingi (2 dona.)
    – orqa (1 dona.)
    0,435
    0,5
    Amortizasiya tizimi
    Taxlangan qo‘ndirish buferining gabarit o‘lchamlari, m:
    - uzunligi
    - kengligi
    - baladligi
    0,3
    0,16
    0,04
    Qo‘ndirish buferining og‘irligi, kg
    0,2
    Qo‘ndirish buferining hajmi, l
    105
    Ventilyator aylanishi (oborot) ayl/min
    4500



    18
    Parametrlar nomlanishi


    Qiymati
    Havo purkash (havo bilan to‘ldirish) tezligi, l/min
    1200
    Tinch holatda to‘liq to‘ldirish vaqti, s
    4,8
    Apparatning og‘irligi 18,5 kg bo‘lgandagi pasayish tezligida ortib qolgan
    tezlanish
    4,5g
    Saqlash va boshqarish tizimi
    Parashyut bo‘lmasining hajmi, m
    3
    0,0047
    Bo‘lmaning gabarit o‘lchamlari, m:
    - uzunligi
    - kengligi
    - baladligi
    0,32
    0,163
    0,09
    Parashyut bo‘lmasining to‘liq ochilish vaqti, s
    0,3
    Qo‘nish tizimining tarkibi:
    − saqlash va boshqarish tizimi;
    parashyut tizimi;
    − amortizatsiya tizimi.
    Saqlash va boshqarish tizimi quyidagi funksiyalarni bajaradi –
    transportirovka, uchirish va parvoz mobaynida parashyut va qo‘ndirish buferini
    taxlangan ko‘rinishda saqlash, shuningdek qo‘ndirish paytida parashyut va
    ko‘ndirish buferini ochish, qo‘ndirilgandan so‘ng parashyutni apparatdan ajratish.
    Saqlash va boshqarish tizimi tarkibida kiradi:
    − parashyut bo‘lmasi,
    − parashyut bo‘lmasining qopqog‘i (krыshka),
    − parashyutni ochish mexanizmi,
    − parashyutni ajratish mexanizmi.
    Parashyut bo‘lmasining qopqog‘i (krыshka) parashyutni tortib chiqarish
    funksiyasini bajaradi.
    Parashyut tizimi qo‘nish mobaynida apparatning pasayish tezligini
    kamaytirish uchun xizmat qiladi. Parashyut tizimi tarkibiga – parashyut va osma
    tizimlar kiradi.
    Amortizasiya tizimi – qo‘nish mobaynida UUAning er yuzasi bilan
    to‘qnashishidan hosil bo‘ladigan zarbaning kuchini pasaytiradi (dempferlaydi).
    Amortizasiya tizimi tarkibida qo‘ndirish buferi, ikkita havo haydoychi quvur
    va ikkita bufer ventilyatori.
    Qo‘nish tizimining elementlarini taxlangan holatdagi UUAda joylashuvi
    10-rasmda keltirilgan, ishlash jarayoni esa 11-rasmda namoish etilgan.



    19


    Qo‘nish tizimining ishlash algoritmi:
    − boshqaruv operatori komandasiga ko‘ra (avtomatik boshqaruv tizimi
    komandasiga ko‘ra – avariya holati sodir bo‘lganda yoki avtomatik
    qo‘nish mobaynida) dvigatel o‘chiriladi – karbyurator zaslonkasi
    servoprivod yordamida yopiladi, o‘t oldirish o‘chiriladi;
    − kanotdagi zakrilkalarni 20° gacha yopib, UUAni parvoz davomida xavfsiz
    havo tezligigacha (70-80 km/s) olib kelish hamda qo‘nish tizimining
    kafolatlaydigan ishini ta’minlab beradi. Avariya rejimida qo‘nish
    mobaynida tezlik pasaytirilmaydi (tormozlanish amalga oshirilmaydi,
    zakrilkalar yopilmaydi). Apparat 100 km/s tezlikda uchishi mobaynida
    parashyut tizimi orqali tormozlanish amalga oshirilishi mumkin;
    − avtomatik boshqaruv tizimi komandasi bo‘yicha parashyut bo‘lmasining
    qapqog‘ini ushlab turuvchi qulf servoprivod yordamida ochiladi, bir
    vaqtning o‘zida ko‘ndirish buferining ventilyatori ishlashni boshlaydi,
    signal va yorug‘lik chiroqlari shtat rejimida ishlashni boshlaydi;
    − apparat tagidan o‘tuvchi havo oqimi parashyut bo‘lmasining qapqog‘ini
    ochilishiga va uni apparatning yo‘nalishiga qarshi tomonga uloqtirishga
    ko‘mak beradi, buning natijasida osma tizimning iplaridan tortib,
    parashyut kupolini yoyadi va stropalarni cho‘ntakchalardan chiqaradi;
    1 – parashyut tizimi va qo‘ndirish buferining taxlangan holatdagi, 2 – parashyut bo‘lmasining
    qopqog‘i, 3 – parashyut bo‘lmasi, 4 – parashyutni ochish mexanizmi, 5 – havo xaydovchi quvur,
    6 – bufer ventilatori
    10-rasm. Taxlangan holatdagi qo‘nish tizimi
    1 – parashyut bo‘lmasining qopqog‘i,
    2 – parashyut bo‘lmasining qopqog‘ining ipi,
    3 – parashyut kupoli,
    4 – parashyut stropasi,
    5 – rayzerlar va parashyut stropalarini birlashtiruvchi fal,
    6 - slayder-halqa (parashyutning sekin ochilishini ta’minlab
    beruvchi),
    7 – rayzerlar (bo‘sh uchlar),
    8 – qo‘ndirish buferi
    11-rasm. Ishlash holatdagi qo‘nish tizimi



    20
    − slayder-halqa – stropalar va osma tizimning uzilishini oldini oladi,


    stropalar tortilishi natijasida kupolning sokin ochilishini ta’minlaydi;
    − parashyutni ochilishi, UUAni keyinchalik tormozlash hamda vertikal
    stabilizasiyasini ushlashni amalga oshiradi, apparatning hamla burchagini
    optimal ushlab turib erga qo‘nishni ta’minlaydi;
    − UUA erga qo‘ngandan (tekgandan) so‘ng, buferda hosil mavjud ortiqcha
    bosim klapanlar orqali chiqib ketadi, buning natijasida UUAga tushishi
    lozim bo‘lgan kuch miqdori kamayadi.
    Posadka” rejimi qo‘nish maydonining dengiz sathi baladligidan 80 metr absolyut
    balandlikda amalga oshiriladi.
    Zaxod” rejimini bajarishga kirish balanligi – 100 metr.
    Prashyut ochilishi 70-90 km/s tezlikda amalga oshiriladi.
    Parashyut ochilishidan to parashyut kupoli havo bilan to‘lishigacha bo‘lgan
    vaqt davomida UUA 15 metr baladlik yuqotadi.
    UUA parashyut bilan tushish jarayonida 5 m/sek vertikal tezlik bilan erga
    qo‘nadi.
    UUA qo‘nish tizimining operator (ABT) komandasidan keyin bajaradigan
    ishlash jarayoni 12-rasmda keltirilgan.



    21
    12-rasm. Qo‘nish tizimining ishlash bosqichining ketma-ketligi



    Download 79,17 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




    Download 79,17 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    "Orlan-10" uchuvchisiz uchish apparatining taktik-texnik ko‘rsatgichlari bo‘yicha

    Download 79,17 Kb.