11
− yerdagi masofadan boshqaruv punkti (YeMBP) bilan aloqa mavjud
va to‘g‘ridan to‘g‘ri radioko‘rinish bor bo‘lgan holda parvoz dasturi
bo‘yicha avtomatik boshqaruv rejimidagi parvozni amalga oshirish;
− parvozning barcha rejimlarida hamda to‘g‘ri radioko‘rinish doirasida
YeMBP dan berilgan parvoz dasturini tezkor o‘zgartirish;
− YeMBP dan radiokomanda bo‘yicha yarimavtomatik rejimdagi parvozni
amalga oshirish (komandalar “
to‘g‘riga”, “
o‘nga” va “
chapga”,
“
o‘ziga”);
− YeMBP operatori tomonidan tuzilgan kirish va qo‘nish nuqtasida
parashyutni ochish chizmasiga asosan avtomatik kirish (
zaxod)
va qo‘nishni (
posadka) amalga oshirish;
Avtomatik boshqaruv tizimidan (ABT) olingan ma’lumot (telemetriya)
YMBPda boshqaruv aperatori avtomatlashtirilgan ish joyidagi ekranga chiqariladi.
Avtomatik boshqaruv tizim (ABT) rejimlarini boshqarish YMBP UUA
operatori yordamida amalga oshiriladi.