|
9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari Pdf ko'rish
|
bet | 290/382 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 132,8 Mb. | | #103163 |
Bog'liq IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslikChiziqli grafiklar
Chiziqli grafiklar vaqt trendlarini ifodalash uchun eng mos
grafik turidir. Avvalroq oʻrganilgan misolda bir talabaning vaqt
oʻtishi bilan test sinovidan oʻtishi tasvirlangan; shu tarzda vaqt
oʻtishi bilan bir nechta talabaning sinov natijalarini osonlikcha
taqqoslashingiz mumkin.
Doiraviy diagrammalar
Doiraviy diagrammalar – bu har bir qiymat butun element yoki
obyektga qiymat kiritilishini aks ettirishda foydalaniladigan
eng mos jadval turidir. Bunga misol tariqasida har bir odam
maʼlum miqdorda mablagʻ yigʻishda yigʻilgan pulning umumiy
miqdoriga qancha pul qoʻshganligi keltirish mumkin. Bu har
bir kishining jami bilan solishtirganda foiz nisbatini koʻrsatadi.
Agar barcha qiymatlar yigʻindisi 100 ga teng boʻlmasa ham,
elektron jadval qiymatlarni doiraviy diagramma koʻrinishida
foizga aylantiradi.
Sohali diagramma va grafiklar
Sohali diagramma (16.09a-rasm) – bu vaqt davomida bir
nechta maʼlumotlar toʻplamlari oʻrtasidagi farqlariga urgʻu
berish uchun ishlatiladigan eng foydali jadval turidir. Ular
chiziqli grafiklarga oʻxshaydi, biroq ularning ostidagi chiziqlar
rangga boʻyalgan boʻladi. Sohali diagramma kamchiligi
shundan iboratki, kichikroq qiymatga ega har qanday
maʼlumotlar qatori kattaroq qiymatga ega boʻlgan qiymatlar
tomonidan bloklanadi. Bu muammoni shaffoflashtiruvchi
vositasi yordamida barcha grafiklar konturlarini kattaroq va
kichikroq qiymatlar bilan ifodalash orqali hal qilish mumkin.
Boshqa diagramma va grafik turlari
16.10-rasm. Boshqa diagramma va grafiklar.
16.01-rasmda turli xil jadval va grafiklarga misollar
keltirilgan. Ularning baʼzilari yuqorida muhokama qilinganlar
turlari, baʼzilari esa avvalroq koʻrib chiqilgan turlarning
kombinatsiyasidir.
16.09-rasm. Sohali grafik (a), nuqtali diagramma (b) ga misollar.
|
| |