3 Yangi stilga nom bering (masalan, hozirgi holatda uni
Homework Style deb atash mumkin) va
MODIFY
tugmasini bosing.
4 Shundan keyin quyidagi ekran paydo boʻladi:
14.16-rasm. Yangi stil yaratish.
Bu oynada yangi shrift turi, shrift oʻlchami, rangi va boshqalarni
tanlash mumkin. Ekranning tubida
Add to Quick Style list
va
Automatically Update buyruqlarini tanlashingiz mumkin.
Shu bilan birga, yangi stildan ayni paytda ishlanayotgan
hujjatda foydalanish yoki kelgusida yaratiladigan hujjatlarda
shablon sifatida qoʻllashingiz mumkin. Amal yakunlangach
OK tugmasini bosing. Bu yangi
stilni dasturda saqlangan
stillar roʻyxatiga qoʻshadi va kelgusida uni hujjatlarning
istagan joyida ishlatish mumkin boʻladi. Yangi stilni sinash
uchun boshqa hujjatni ishga tushirib,
unga biror nimani yozib
koʻring. Uni belgilang va
Styles bandiga oʻting, shundan
keyin yangi hujjatlarga tatbiq etiluvchi saqlangan yangi stilni
koʻrasiz.
14.17-rasm. Saqlangan yangi stil.
14.18-rasm. Yangi hujjatga qoʻllanilgan yangi stil.
182
9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari
14.04-amaliy topshiriq
Kompakt diskdagi oila budjetiga oid “Asset 14.02.xlsx”
nomli fayldagi elektron jadval shablonini toping. U
14.19-rasmdagi kabi koʻrinadi
14.19-rasm. Stilning bir xilligini taʼminlash uchun
shablondan foydalanish.
Kunlik mashgʻulot uchun rejangiz haqidagi maʼlumotni
toʻldiring. Odatda bu kabi kunlik rejalarda har kuni
bajariladigan ishlar uchun
qancha vaqt sarflanganini
tahlil qilish maqsadida hamda oʻz vaqtini yanada unumli
boshqarishga intiladigan kishilar foydalanadi. Har bir kun
uchun alohida stil yaratishingiz kerak boʻladi, agar kunlik
vaqt jadvaliga oid stilni noldan yaratishni boshlagan
boʻlsangiz, bu har bir kun
uchun nusxalanib joylangan
shablondan koʻra koʻproq vaqt talab etadi.
Xuddi shu varaqdagi kun rejasini bir-birining yoniga
nusxalab joylashingiz yoki har bir kun uchun alohida
varaqni ishlatishingiz va ehtiyojlaringizga binoan
trendlarni tahlil qilish uchun formula va funksiyalardan
foydalanishingiz mumkin.
Biroq, bunda asosiy gʻoya
muayyan shablondan bir xil
stil va formatni takrorlash hamda mazkur stilni barcha
kunlarga oid jadvallarga yanada samarali qoʻllashdan
iborat.
Xuddi shu usul bilan hujjatning asosiy qismiga yoki yangi
hujjatning boshqa biror qismiga qoʻllanadigan yangi stil
yaratish mumkin. U
Quick Styles roʻyxatida
saqlanadi va
yangi stilni kelgusida yaratiladigan hujjatning taglavha,
ustlavha va shunga oʻxshash qismlariga qoʻllash mumkin
boʻladi.
Yangi stilni yaratish jarayonida ”yetim” va “yakka” qatorlarni
nazorat qilish foydali boʻlib, u kelgusida ularga oid
muammolarni tuzatishga ketadigan
vaqtni tejashga yordam
beradi.