• Har xil auditoriya uchun mos shrift turi
  • 9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet266/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    header va footer 
    maydoniga boshqa elementlarni kiritish.
    14.03 Sahifa/slayd uchun bir xil 
    maketni taʼminlash.
    Asosiy sahifa va shablonlardan foydalanish orqali hujjatdagi 
    barcha sahifalarning bir xil bo‘lishi ta’minlanadi. Bu hujjatdagi 
    178
    9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari


    shrift turi, matnning tekislanishi, ustunlar oraligʻi, boʻsh 
    maydon hamda satrlararo oraliq, abzatsdan oldingi va 
    keyingi oraliqni har bir hujjatda bir xil boʻlishini anglatadi. 
    Hujjatning har bir sahifasidagi maket va stilni oʻzgartirish 
    orqali ham xuddi shu natijaga erishish mumkin, biroq matnni 
    avvalgi sahifaga moslab bir xil aniqlikda tekislash koʻp vaqt va 
    mehnatni talab etadi.
    Shrift turi
    Har bir dasturda tanlov uchun bir qator shrift turi koʻzda 
    tutilgan. Odatda hujjatdagi har bir matn qismi uchun har xil 
    kattalikdagi shrift o‘lchami zarur, baʼzan esa farqli rang, shrift 
    turi yoki oʻlchami kiritish talab etiladi. Matn protsessorida 
    matnni tekislash uchun 
    Outline buyrug‘idan foydalaning.
    Stilning bir xilligini taʼminlash maqsadida qator, abzats 
    hamda avvalgi va keyingi ustlavhalar oraligʻidagi boʻsh 
    maydonni sozlash uchun shablondan, yoki formatlash 
    stilning belgilanganiga ishonch hosil qilish uchun pleysxolder 
    (to‘ldiruvchi)lardan foydalaning.
    Har xil auditoriya uchun mos shrift turi
    Turli odamlarga turli shrift yoqadi, chunki ular odamlar 
    oʻqiyotgan narsalarini qanday talqin qilishiga taʼsir etadi. 
    Shu asosda odamlar matnni oʻqish yoki oʻqimaslikni hal 
    qiladilar. Bu jarayondagi yagona muammo-bir insonga 
    yoqqan shrift boshqa insonga yoqmasligidadir. Ammo, 
    koʻp foydalanuvchilar amal qiladigan umumiy amaliyotlar 
    mavjud bo‘lib, ularni qoʻllash odatda ijobiy natija beradi. 
    Serif turkumidagi shriftlar Sans-serif turkumidagi shriftlarga 
    nisbatan ancha qulay va chiroyli koʻrinadi, biroq Sans-serif 
    turkumidagi shriftlar tartibli, aniq va jiddiy qiyofasi tufayli 
    ekranda eʼtiborni koʻproq jalb qiladi (14.08-rasmga qarang).
    Kursiv va bezakli shriftlar biroz urfdan qolgan va noodatiy 
    koʻrinishga ega. Odatda taklifnoma, tabriknomalar yoki veb-
    saytning ayrim qismlarida ishlatiladi. Ekranda ularni oʻqish 
    biroz qiyinroq.
    Mac, PC kabi kompyuterlar turli birlamchi shriftlarga ega. Mac 
    odatda Helvetica yoki Geneva shriftini ishlatsa, PC uchun 
    Arial yaxshi tanlov hisoblanadi. Verdana kabi yanada neytral 
    shriftlar ham Mac, ham PC uchun mos keladi.
    Umuman olganda, har bir shrift ijobiy yoki salbiy eslatma 
    sifatida xizmat qilgani bois, shrift turini har bir shaxs oʻz 
    didiga qarab tanlaydi. Aksariyat aksariyat mijozlaringiz 
    yoqtirmaydigan shriftni tanlash biznesingizga salbiy taʼsir 
    ko‘rsatishi ehtimoli bor. Shrift tanlash reklama materiallarini 
    uchun muhim ahamiyatga ega, chunki ular bosma yoki 
    ekranga moʻljallanganiga qarab auditoriyada har xil hissiyotni 
    uygʻotishi mumkin. Vizual jihatdan eʼtiborni tortadigan 
    hujjatlarni yaratish tashkilotning kelgusi taqdiriga jiddiy taʼsir 
    koʻrsatadi, shu sababli hammaga maʼqul shriftni tanlay bilish 
    nihoyatda muhim.
    14.08-rasm. Serif va Sans-serif shrift.

    Download 132,8 Mb.
    1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari

    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish