9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari




Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet254/382
Sana22.11.2023
Hajmi132,8 Mb.
#103163
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   382
Bog'liq
IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

13-bob: Loyihalash


Clipboard
Format Paint
Copy
Home
Insert
Paste
File
13.18-rasm. 
Undo yoki Redo tugmalaridan foydalanish.
Agar matn yoki raqamli ma’lumotni hujjatning bir joyidan 
boshqa joyiga yoki boshqa hujjatga koʻchirmoqchi boʻlsangiz, 
uni asl hujjatdan olib tashlash uchun avval uni kesib olishingiz, 
shundan keyin kerakli maydonga joylab qoʻyishingiz talab 
etiladi. Shunda u avvalgi joyidan olib tashlanib, u yerdan 
butunlay o‘chadi. Matnni koʻchirish usuli nusxalash va joylash 
usulidan farq qiladi, chunki oxirgi usulda asl nusxa oʻz oʻrnida 
qoladi va nusxasi yangi joylangan qismda paydo boʻladi. Matn 
yoki raqamli ma’lumotni koʻchirishga oid oʻxshash usullardan 
biri 
drag and drop usuli deb atalib, unda matn yoki raqamlar 
avval belgilanib olinadi, keyin bir joydan boshqa joyga sudrab 
oʻtkaziladi. Bunda sudrab oʻtkazilgan matn yoki raqam avvalgi 
joyida butunlay ko‘chadi.
Turli manbalardan hujjatga obyektlarni 
joylashtirish
Boshqa fayldan rasm yoki matnni joylashtirish amalini 
tanlaganingizda, ular olinadigan manbani tanlashingiz 
so‘raladi. (13.19-rasmga qarang).
Skrinshot deganda, 
PrtScr tugmasini bosish orqali kompyuter 
ekranidan suratga olingan tasvir tushuniladi. Koʻpincha 
faqat kerakli qismlarni ajratib koʻrsatish uchun skrinshotlarni 
qirqish talab etiladi. 13.20-rasmda hatto ekran pastki 
qismidagi vazifalar paneli ham skrinshotda aks etganini 
payqaysiz. Skrinshot atrofidagi kulrang sohalar kerak emas
shuningdek, oʻng tarafdagi boʻsh sahifaga ham ehtiyoj yoʻq. 
Bundan tashqari, skrinshotning chap tarafidagi matn juda 
kichik boʻlgani uchun aniq koʻrinmayapti, demak, uni tiniqroq 
qilish uchun tasvir oʻlchamini oʻzgartirish maqsadga muvofiq. 
(13.20(b)-rasmga qarang).

Download 132,8 Mb.
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   382




Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari

Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish