|
Matn va raqamli ma’lumotlarni boshqarishga oid Pdf ko'rish
|
bet | 253/382 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 132,8 Mb. | | #103163 |
Bog'liq IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslikMatn va raqamli ma’lumotlarni boshqarishga oid
tahrirlash usullari
Matn va raqamli ma’lumotlar uchun foydalaniladigan usullarga
rang bilan ajratib koʻrsatish, oʻchirish, koʻchirish, kesish,
nusxalash va joylash, “drag and drop” usulidan foydalanish
kiradi. Hujjatning biror qismini tahrirlashdan avval har doim
uni belgilash talab etiladi. Buni kursorni matn boshiga qoʻyib,
sichqonchaning chap tugmasini yoki sensorli panelni bosgan
holda, uni oʻzgartirmoqchi bo‘lgan matnning oxirigacha tortish
orqali amalga oshirish mumkin. Matn belgilanganligini uning
fonidagi o‘zgarish bildiradi. So‘ngra uni oʻchirish, koʻchirish,
kesish, nusxalash, joylash yoki “drag and drop” usulidan
foydalanib ko‘chirish imkoni tug‘iladi.
Agar matnni shunchaki boshqa rang bilan ajratib koʻrsatishni
istasangiz, ajratib ko‘rsatish buyrug‘idan foydalaning
(13.17-rasmga qarang).
13.17-rasm. Rang bilan ajratib ko‘rsatish buyrug‘idan
foydalanish.
Matn o‘chirilgach ekrandan (va hujjatdan) yoʻqoladi. U odatda
Clipboard, yaʼni vaqtincha xotiraga o‘tkaziladi va zarur
paytda uni tiklash (joylash) mumkin. Ammo bu galdagi matn
oʻchirilguncha saqlanib turadi. Shuningdek,
Undo yoki Redo
tugmalari yordamida qayta tiklanishi mumkin. (13.18-rasmga
qarang).
a Kompakt diskdagi “Asset 13.01.xlsx” faylida koʻzda
tutilgan “Template” jadvalini elektron jadval dasturida
oching.
b Quyidagi har bir ustlavha ustunida joylashgan kataklar
uchun mos ravishda raqamli ma’lumot formatini kiriting.
Hours, Pay Rate, Total Weekly Pay, Tax, Net Pay.
c Quyidagi yorliqlarning har biriga aloqador qiymatlar
uchun raqam formatlarini taklif eting:
Totals, Average,
Tax Rate
13.04-amaliy topshiriq
167
|
| |