• 2-Grafik ob’ektlar va ularni kompyuterda tasvirlash usullari. Kompyuter grafikasi tushunchasi.
  • matnni to‘liq tahrirlash. Photoshop da shriftning o‘rni. Matn ustida ta amal Type uskunasidan foydalanish




    Download 66,1 Kb.
    bet1/4
    Sana31.05.2024
    Hajmi66,1 Kb.
    #258322
      1   2   3   4
    Bog'liq
    2-kurs 1-se m


    1-Matnni to‘liq tahrirlash .Photoshop 7 da shriftning o‘rni. Matn ustida 5 ta amal Type uskunasidan foydalanish.


    Tasvirga ko‘pincha matn qo‘shishga to‘g‘ri keladi. PhotoShop matn bi­lan ishlashda ham katta imkoniyatlarga ega. Matn bilan ishlash uskunalari uskunalar panelining uchinchi bo‘limida ikkinchi bo‘lib joylashgan. Ulardan keraklisini matn uskunalari tugmasi ustiga sichqonchani olib kelib, chap tug­masini bosish va ro‘yxatdan zarurini tanlash bilan ishga tushirish mumkin. Boshqa uskunalar kabi ulami ham klaviatura orqali ishga tushirish mumkin.
    Buning uchun unga mos qo‘yilgan lotin alifbosining bosh harfi T ni bir yoki bir necha marta bosish kerak bo‘ladi:

    Matn bilan ishlash uchun to‘rtta uskuna mavjud bo‘lib, ulardan birin- chisi gorizontal matn, ikkinchisi vertikal matn, uchinchi va to‘rtinchilari go- rizontal va vertikal niqob matn deb ataladi. Bu uskunalar yuqoridagi rasmda ko‘rsatilgan. Ulardan birinchisi gorizontal matn uskunasini ishga tushiramiz. Para­metrlar panelida uning parametrlari paydo bo‘ladi:


    2-Grafik ob’ektlar va ularni kompyuterda tasvirlash usullari. Kompyuter grafikasi tushunchasi.


    Axborotning asosiy qismini inson ko‘rish a'zolari orqali oladi. Ko‘rgazmali axborotning
    o‘zlashtirilishi oson bo‘ladi. Inson tabiatining ana shu xususiyati grafik operatsion tizimlarda ishlatiladi. 
    Ularda axborot grafik obyektlar: znachoklar (belgilar), oynalar va rasmlar ko‘rinishida tasvirlanad i. 
    Operatsion tizimning barcha grafik obyektlari, shuningdek, boshqa barcha tasvirlar qandaydir yo‘l bilan kompyuterda hosil qilinishi yoki unga kiritilishi kerak. Grafik tasvirlarni kompyuterga kiritish uchun maxsus tashqi (atrof) qurilmalari ishlatiladi. Ular bilan siz 3-bobda tanishib chiqqansiz. Eng ko‘p tarqalgan qurilma — bu skanerdir. So‘nggi paytda raqamli fotokameralarning ham qo‘llanish ko‘lami kengayib bormoqda. Ularning oddiy fotoapparatlardan farqi shundaki, tasvir kimyoviy yo‘l bilan fotoplyonkaga tushirilmaydi, balki fotokamera xotirasining mikrosxemalariga yozib qo‘yiladi. U yerdan axborotni kabel orqali kompyuterga uzatish mumkin. Ayrim raqamli fotoapparatlar ma'lumotlarni fayl 
    sifatida egiluvchan diskka yozib qo‘yish imkoniyatiga ham ega. Diskdagi axborotni esa kompyuterga o‘tkazish unchalik qiyin emasligini siz yaxshi bilasiz.



    Download 66,1 Kb.
      1   2   3   4




    Download 66,1 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    matnni to‘liq tahrirlash. Photoshop da shriftning o‘rni. Matn ustida ta amal Type uskunasidan foydalanish

    Download 66,1 Kb.