|
• sizni internet provayderga ulaydigan dastur, bu har bir
internet provayder uchun turlicha boʻladi;
• Pdf ko'rish
|
bet | 78/382 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 132,8 Mb. | | #103163 |
Bog'liq IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik• sizni internet provayderga ulaydigan dastur, bu har bir
internet provayder uchun turlicha boʻladi;
• brauzer - Butunjahon internet tarmogʻida maʼlumot
topish va koʻrishda foydalaniladi. Tanlash uchun koʻplab
brauzerlar mavjud, jumladan: Microsoft Internet Explorer,
Safari, Firefox, Chrome va yana boshqalar.
Elektron pochta
Email “elektron pochta (electronic mail)” jumlasining
qisqartmasi; u sizga internet va elektron tarmoqlar boʻylab
elektron xabarlar yuborish va qabul qilish imkonini beruvchi
dasturdir. Elektron pochta xabarlari juda qulay hamda
yuborilgandan keyin odatda bir necha soniya ichida manzilga
yetib boradi, lekin bu ularning darhol oʻqilishini kafolatlamaydi!
Shuningdek, elektron pochta xabariga ilova qilish orqali
boshqalarga fayl ham yubora olasiz. Bunday ilova hujjatlar
har qanday turdagi fayl boʻlishi mumkin; fayl ilova qilingan
elektron pochta xabarini qabul qilganingizda ilova qilingan fayl
nomi yoki ikonkasi ustiga bosishingiz kerak va u oʻzi yozilgan
dasturda ochiladi. Agar oʻsha dastur kompyuteringizda
boʻlmasa, bu noqulaylik tugʻdirishi mumkin. (10-bobda
elektron pochta haqida koʻproq maʼlumot berilgan).
Internet va intranet
Internet – oʻzaro bogʻlangan tarmoqlarning global tarmogʻi.
Internet butun dunyo boʻylab insonlarni, jamiyatlarni va
mamlakatlarni bir-biri bilan bogʻlash uchun ishlatiladi;
undan foydalanish 4.03-jadvalda koʻrsatilgan afzallik va
kamchiliklarga ega. Kompaniyalar internetdan maʼlumotlar
topish, aloqa, uzoq masofadagi mijozlar uchun marketing,
savdo hamda bank ishlarida foydalanishi mumkin.
Intranet maktab yoki kompaniya kabi biror tashkilot ichidagi
xususiy tarmoqdir. Intranet Internet texnologiyalaridan
foydalanishiga qaramasdan, global Internetdan himoyalangan.
Intranet xususiy hududdir, shu sababli unga kirish uchun
foydalanuvchi nomi va parol talab etiladi. Bu uni tashkilotga
tegishli elektron hujjatlarni saqlash, ularga kirish va ustida
ishlash uchun xavfsiz hududga aylantiradi. Biroq barcha
xodimlar yoki intranet foydalanuvchilari ham uning har
bir hududiga kirish imkoniyatiga ega boʻlmaydi. U odatda
tarmoqda xodimlar kirishi mumkin boʻlgan papkalar va ichki
elektron pochta tizimiga egadir. 4.04-jadvalda intranetdan
foydalanishning afzalliklari va kamchiliklari muhokama
qilingan.
|
| |