• Tools > Internet Options > Connections
  • Start
  • 9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet76/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    46
    9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari


    Brauzerdan foydalanish
    Internetdan foydalanish uchun turli xil dasturiy ilovalar mavjud.
    Qaysi brauzerni birlamchi brauzeringiz sifatida oʻrnatishni
    tanlashingiz mumkin; bu uchun Windows 7 yoki 8 tizimida
    amaldagi birlamchi brauzerni ochasiz va quyidagilarni 
    tanlaysiz: 
    Tools > Internet Options > Connections (4.06-
    rasm). Agar allaqachon boshqa bir brauzerni oʻrnatgan
    boʻlsangiz, uning nomi shu yerda koʻrinadigan roʻyxatda paydo
    boʻladi. Agar roʻyxatda boʻlmasa,
    Select tugmasini tanlab, 
    foydalanmoqchi boʻlgan brauzeringiz ustiga bosing va
    Select
    tugmasini bosing.
    Agar tizimingiz Windows 10 boʻlsa, quyidagilarni tanlash
    orqali birlamchi brauzerni oʻrnatasiz:
    Start menyusi > 
    Settings ikonkasi > System > Default Apps > Siljitib, pastga 
    tushib va 
    Web browser tugmasini bosing > Ochiladigan 
    mavjud brauzerlar roʻyxatidan oʻrnatmoqchi boʻlgan
    brauzeringiz nomi ustiga bosing.
    Shuningdek, oʻzgartirishlar kiritish uchun har bir varaqni
    koʻrib chiqishingiz mumkin: pop-ap blokerini yoqishingiz yoki
    oʻchirishingiz, brauzer koʻrinishini oʻzgartirishingiz, brauzer
    tarixini oʻchirishingiz, barcha maxfiylik sozlamalaringizni
    sozlashingiz va boshqa koʻplab amallarni bajarishingiz mumkin.
    4.07-rasm. Odatiy brauzerning manzil satri.
    Veb-saytga kirish uchun foydalaniladigan manzil Yagona
    resurs lokatori (Uniform Resource Locator – URL) deb ataladi. 
    Veb-saytdagi har bir sahifa, tasvir yoki fayl yuqoridagi kabi URL
    manzilga ega.
    Masalan, https://rtmuz.uz/ URL manzilini olaylik. Bu sizni
    Respublika Ta’lim markazi saytining bosh sahifasiga olib 
    boradi; quyidagi URL manzil sizni shu saytdagi muayyan 
    manzilga olib boradi: https://rtmuz.uz/e-resurs/e-kutubxona/
    media-kompetensiya. Ushbu URL manzilning turli elementlari 
    4.02-jadvalda tushuntirilgan.
    http
    Bu brauzer va veb-server oʻrtasidagi aloqada
    foydalaniladigan 
    protokolni bildiradi 
    (ushbu holatda gipermatn uzatish protokoli). 
    Protokollar – brauzerlar va veb-serverlar bir-
    birini tushuna olishi uchun aloqa maqsadida 
    foydalaniladigan qoidalar toʻplamidir.
    :
    Ikki nuqta, shunchaki, protokol maʼlumotlarini
    manzilning qolgan qismidan ajratib turish 
    uchun xizmat qiladi.
    //
    Server bilan aloqa zarurligini koʻrsatadi.
    www
    Http protokol yordamida bogʻlanilishi kerak
    boʻlgan server nomi.
    rtmuz.uz
    Domen nomi, internetda muayyan joyga borish 
    uchun manzilga oʻxshaydi.
    /
    Bu sizning Cloud School saytidagi tub papkaga
    (boshqa barcha papkalar saqlanadigan papka) 
    borishni xohlashingizni koʻrsatadi.
    e-resurs/
    Bu tub papka ichidagi qaysi papkaga borishni 
    koʻrsatadi.
    e-kutubxona/ Bu elektron resurslardagi ichki papka/papkaga
    borishni koʻrsatadi.
    media-
    kompetensiya
    e-kutubxona papkasida qaysi faylni koʻrishni
    xohlashingizni koʻrsatadi.
    4.02-jadval. Qismlarga ajratilgan URL manzil.

    Download 132,8 Mb.
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari

    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish