WLAN tarmoq uchun
Wi-Fi texnologiyasidan foydalanadi. Wi-
Fi yoqilgan qurilmalar bir-biriga tarmoq sifatida ulanadi. Agar
noutbuk Wi-Fi tarmoq kartasiga ega boʻlsa, nisbatan qisqa
masofaga, masalan, uy yoki ofis binosi ichida, radio signallarni
yubora va qabul qila oladi. Uzatish tezligi yuqori, shu sababli
odatda signal qamrovi ichida istalgan yerda ishlashingiz
mumkin, uyingiz yoki ofisda muayyan joyga mixlanib
qolmaysiz.
KALIT SOʻZLAR
WLAN: noutbuk, smartfon yoki planshet kabi mobil
texnologiya foydalanuvchisiga simsiz aloqa orqali LAN
tarmoqqa ulanish imkonini beradigan simsiz lokal tarmoq.
Bluetooth: kompyuter, telefon va boshqa qurilmalarda
foydalaniladigan simsiz texnologiya bo’lib, qurilmalarga radio
toʻlqinlardan foydalanib qisqa masofada oʻzaro aloqa qilish
imkonini beradi.
Bluetooth [blyutus] simsiz uzatishning Wi-Fi texnologiyasiga
qaraganda kuchsizroq shaklidir; Bluetooth bir-biriga yaqin
boʻlgan muayyan qurilmalar oʻrtasida simsiz aloqa usulini
taʼminlash uchun ishlab chiqilgan.
Bluetooth texnologiyasidan quyidagilarni bajarishda
foydalanish mumkin:
• bluetooth sichqochani simsiz ulash va undan foydalanish
imkoniyatini beradi. Natijada simli sichqonchaga
qaraganda koʻproq harakatlanish erkinligini taqdim etadi;
• printerga simsiz ulanish; bu foydalanish uchun kamroq
sim talab etadi kompyuter atrofining xavfsiz boʻlishini
ta’minlaydi (qoqilib ketish uchun sim kam, 8.01-bo‘limga
qarang)