|
9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari Pdf ko'rish
|
bet | 68/382 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 132,8 Mb. | | #103163 |
Bog'liq IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslikKALIT SOʻZLAR
WAN: mintaqaviy tarmoq geografik jihatdan alohida boʻlgan
hamda telefon liniyalari yoki radio toʻlqinlari orqali bogʻlangan
ikki yoki undan ortiq lokal tarmoqdan tashkil topadi.
WLAN: simsiz lokal tarmoq qisqa masofalarni qamraydi, radio
yoki infraqizil signallardan foydalanadi.
WLAN, LAN tarmog‘i kabi, qisqa masofalarni qamrab oladi.
U anʼanaviy tarmoq kabellari oʻrniga, radio yoki infraqizil
signaldan foydalanib, simsiz tarzda ulaydi.
Router
Router (ba’zida “marshrutizator” deb ham yuritiladi) ikki yoki
undan ortiq tarmoq oʻrtasidagi aloqani taʼminlaydi, router
maʼlumotlar paketlarini toʻgʻri manzilga yoʻnaltirish uchun
birgalikda ishlaydi. Ular bu aloqani aqlli tarzda taʼminlashi
aytiladi, chunki barcha routerlar:
• tarmoq oʻrtasida xabar uzatilishi kerakligi yoki yoʻqligi
haqida qarorlar qabul qiladi;
• xabar formatini yangi tarmoq uchun moslaydi;
• xabar haqidagi maʼlumotni oʻqish va nafaqat xabar qayerga
borishi, balki uning manzilga yetib borishi uchun tanlanishi
mumkin boʻlgan eng yaxshi yoʻnalish boʻyicha ham qaror
qabul qiladi.
KALIT SOʻZLAR
Router: tarmoq boʻylab maʼlumot paketlarini uzatish uchun
ishlatiladigan qurilma; u maʼlumot manziliga imkon qadar tez
yetib borishi uchun eng yaxshi yoʻnalishni tanlaydi.
Maʼlumotlar paketi: internet orqali yuboriladigan
maʼlumotlar paket deb ataluvchi kichik qismlarga ajraladi.
Soʻng router har bir paketni qabul qilish uchun eng yaxshi
yoʻnalishni tanlaydi, ular yetib kelgandan keyin qayta yigʻiladi.
Bir-biriga oʻxshamaydigan ikkita tarmoqni birlashtirish
vazifasini bajargani uchun routerdan koʻpincha tarmoq
va internet oʻrtasidagi aloqani taʼminlash maqsadida
foydalaniladi.
Router kompyuter manzilini qanday saqlaydi
Nomi aytib turganidek (route = yoʻnalish), router maʼlumotlar
paketi borishi kerak boʻlgan yoʻnalish haqida qaror chiqarishi
sababli, unga manzillar roʻyxati kerak boʻladi. Bu yoʻnalish
jadvali deb ataladi hamda routerning operativ xotirasidagi
maʼlumotlar fayli hisoblanadi. Har bir router yoki noddagi
jadvalda yoʻlak boʻylab keyingi router yoki nodning manzili
saqlanadi.
Routerning asosiy funksiyasi maʼlumotlar paketini o’z
manziliga yoʻnaltirishdan iborat. Bu router uni qayerga
yuborishni bilishi kerakligini anglatadi, shu sababli u yoʻlak
boʻylab keyingi punkt manzilini topish uchun yoʻnalish
maʼlumotlarini qidiradi. Bundan tashqari, u maʼlumotlar
paketining safari uchun qaysi yoʻnalish optimal boʻlishi
boʻyicha qaror ham chiqaradi.
|
| |