• 4.01 Kompyuter tarmoqlari Kompyuter tarmoqlari, odatda, mintaqaviy tarmoq
  • 9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet67/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    bilib olasiz.
    41


    4-bob haqida umumiy maʼlumot
    Bu bobda kompyuterlarni bir-biri bilan muloqot qilishi va 
    maʼlumot almashinishi uchun tarmoqqa ulashning turli
    usullarini bilib olasiz.
    Kompyuter tarmoqlari bilan bogʻliq qurilmalar va ulardan
    qanday foydalanish, shuningdek, internetga kirish uchun 
    ishlatilishi mumkin boʻlgan turli kompyuter tarmoqlarining
    afzalliklari va kamchiliklari haqidagi ma’lumotlar beriladi. 
    Mavzuning mantiqiy davomida oʻzingiz mustaqil kichik
    tarmoq yaratishni oʻrganasiz. Va nihoyat, tarmoq
    kommunikatsiyasining turli usullariga berilgan ta’riflarni
    o‘rganasiz.
    4.01 Kompyuter tarmoqlari
    Kompyuter tarmoqlari, odatda, 
    mintaqaviy tarmoq turi 
    sifatida tasvirlanadi. Siz eng koʻp duch keladigan tarmoq
    turlari 
    lokal tarmoq (LAN – Local Area Network), mintaqaviy 
    tarmoq (WAN – Wide Area Network) va simsiz lokal 
    tarmoqdir (WLAN – Wireless LAN).
    LAN bir-biriga bevosita yaqin joylashgan bir nechta kompyuter 
    guruhini tarmoqqa birlashtirish imkonini beradi. Odatda, 
    lokal tarmoqdan maktabda, ofisda va uyda foydalaniladi. LAN
    oʻz tarkibidagi kompyuterlarga fayl, printer, oʻyin va shu kabi
    manbalardan birgalikda foydalanish imkoniyatini berishi bilan 
    afzal hisoblanadi.
    WAN tarmoq, odatda, nisbatan kengroq geografik hududlarni
    qamrab olish maqsadida LAN tarmoqlarni oʻziga birlashtiradi.
    Odatda, WAN tarmoq shahar, mamlakat yoki bir nechta 
    mamlakatni oʻzaro bogʻlaydi. Internet WAN tarmoqqa misol
    boʻladi; u butun dunyo boʻylab lokal tarmoqlarni oʻzaro
    bogʻlaydi.
    Bir nechta shaharda ofislarga ega tashkilotni koʻz oldingizga
    keltiring; tabiiyki, ularning har birida har bir binoga LAN 
    tarmoq oʻrnatilgan, keyin ularning barchasi WAN tarmoqqa
    ulanadi.

    Download 132,8 Mb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari

    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish