9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari




Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/382
Sana22.11.2023
Hajmi132,8 Mb.
#103163
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   382
Bog'liq
IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

CD RW va DVD RW disklar fayllarni bir kompyuterdan 
boshqasiga olib oʻtish, ehtimol, uyda kompyuterda bajargan 
ishingizni maktabga olib borish uchun mukammal vositadir. 
Ularga shikast yetkazilishi qiyin hamda ular katta hajmli 
maʼlumotlarni saqlay oladi. Ularga qayta yozish mumkin 
boʻlgani sababli bu disklardan bir necha marotaba foydalanish 
mumkin. Bu sifat ularni tizimdagi fayllarning zaxira nusxasini 
olish uchun ham mukammal vositaga aylantiradi.
Agar biror kompaniya har oqshom oʻz tizimidagi barcha 
fayllarning zaxira nusxalarini binodan olib chiqib ketishi uchun 
ularni biror qurilmada saqlashga qaror qilsa, DVD RW buning 
uchun mukammal shakldir. U mustahkam, portativ, katta 
hajmdagi maʼlumotlarni saqlay oladi va har oqshom unga 
qaytadan yangi maʼlumot yozish mumkin.
DVD RAM disk DVD RW diskka juda oʻxshash, lekin maʼlumotlar 
diskning sirtida boshqacha usulda saqlanadi. Xotiraning 
boshqacha shakli shuni anglatadiki, uning sirtiga DVD RW 
yuzasiga qaraganda ancha koʻproq marta yozish mumkin. 
Shuningdek, bu maʼlumotlarga kirish tezroq ekanini ham 
bildiradi. Yozish va oʻqish jarayoni bir vaqtda amalga 
oshirilishi mumkin: agar DVD RAM diskdan televizion yozish 
mashinasining xotirasi sifatida foydalanilsa, diskdan biror 
teledasturni tomosha qilish bilan bir vaqtda, boshqa bir 
teledasturni yozib olish mumkin boʻladi. Bu ulardan maishiy 
yozish qurilmalarida teledasturlarni yozib olish va tomosha 
qilish uchun hamda ularning kompyuter xotirasini qoʻllab-
quvvatlash uchun qoʻshimcha tizim sifatida ishlatilishi 
mumkin ekanini bildiradi. DVD diskining boshqa shakllaridan 
qimmatroq, shu bilan birga, ular kattaroq hajmga ega, biroq 
odatiy DVD-pleyerda ulardan foydalanib boʻlmaydi.
Blu-ray disklar boshqa optik xotira qurilmalariga qaraganda 
nihoyatda katta xotira sigʻimiga ega boʻlib, bir vaqtning oʻzida 
yuqori tezlikdagi uzatishlarni amalga oshira oladi. Bu ikki 
afzallik soatlab davom etadigan yuqori aniqlikdagi videolarni 
yozib olish va qayta koʻrish imkoniyati mavjudligini anglatadi. 
Kamchiligi uning narxida, u standart DVD disklardan ancha 
qimmat.

Download 132,8 Mb.
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   382




Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari

Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish