Optik xotira qurilmaning har xil turlaridan




Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/382
Sana22.11.2023
Hajmi132,8 Mb.
#103163
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   382
Bog'liq
IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

Optik xotira qurilmaning har xil turlaridan 
foydalanish
CD ROM va DVD ROM disklarga ma’lumot yozib boʻlmaydi, 
ulardan faqat ma’lumot oʻqilishi mumkin. Bu CD va DVD disklar 
kontentini hech qachon oʻzgartirib boʻlmasligini anglatadi. 
Buning katta afzalligi kontentni buzilib ketishdan himoya 
qilishdir.Ulardan musiqa yoki filmlarni sotishda foydalanish 
mumkin. Dastur ishlab chiquvchi kompaniyalar ulardan 
dasturlar va maʼlumot fayllarini, nashriyotlar esa ensiklopediya 
kabi maʼlumot materialini tarqatish uchun foydalanadi.
Xotiraning bu shakli mustahkamdir, chunki qurilmaga shikast 
yetkazish oson emas, shu bilan birga, ular katta hajmdagi 
maʼlumotlarni saqlaydi va nisbatan arzondir. Shuningdek, ular 
oʻzlarida saqlanadigan maʼlumotlar himoyasi afzalligiga ega, 
chunki uni oʻzgartirib boʻlmaydi.
Baʼzi vaqtlarda afzallik boʻlgan narsa boshqa paytda 
kamchilikdir, masalan, sizga musiqa ortiq yoqmay qoldi yoki 
filmni istaganingizcha qayta-qayta koʻrib boʻldingiz deylik, 
bunda kontentni oʻzgartirish imkoni boʻlsa, ajoyib boʻlardi, 
lekin bu hozirgi jarayonda imkonsiz.
CD R va DVD R disklarga faqat bir marta yozish mumkin, lekin 
undan keyin kontentni oʻzgartirib boʻlmaydi. Ulardan musiqa 
yoki kinolarni saqlash yoki muayyan vaqtda, masalan, arxiv 
uchun fayllardan nusxa olish kabi jarayonlarda foydalaniladi. 
Biroq ularga maʼlumot yozilgach, ushbu maʼlumotga 
oʻzgartirish kiritib boʻlmaydi, bu esa fayllarni muntazam 
zaxiralash uchun ularning u qadar foydali emasligini bildiradi, 
chunki har safar zaxiralash kerak boʻlganda yangi diskdan 
foydalanishga toʻgʻri keladi.
CD R va DVD R disklarining afzalligi shundaki, ularga oʻzingiz 
xohlagan narsani yoza olasiz, shundan soʻng ulardagi material 
saqlanib qoladi. Kamchiliklari esa ularga faqat bir marta yozish 
mumkinligi va barcha CD/DVD qurilmalar ham (masalan, 
musiqiy CD pleyerlar) ularni oʻqiy olmasligida namoyon boʻladi.

Download 132,8 Mb.
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   382




Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Optik xotira qurilmaning har xil turlaridan

Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish