• Portativ va yechiladigan qattiq disklar
  • • kompyuterning operatsion tizimini; •




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet58/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    kompyuterning operatsion tizimini;
    foydalanuvchining dasturlarini;
    foydalanuvchi maʼlumotlari, jumladan, foydalanuvchi 
    kompyuterda bajargan har qanday ish va videolar hamda 
    musiqa kabi yuklab olingan har qanday fayllar.
    Disklar
    34
    9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari


    Ushbu uch turdagi maʼlumotlarning barchasi qattiq diskda 
    saqlanadi, soʻng ular kerak boʻlganida kompyuterning RAM 
    xotirasiga yuboriladi.
    Diskdagi maʼlumotlar shunday tartiblanganki, ularga 
    bevosita kirish mumkin. Diskning sirtida indeks boʻladi. Agar 
    foydalanuvchi muayyan fayl yoki maʼlumotni oʻqish uchun 
    koʻrsatma yuborsa, oʻqish/yozish golovkasi uning qayerdaligini 
    topish uchun indeksni koʻrib chiqadi, soʻng toʻgʻri diskning 
    oʻsha qismiga boradi. Bu jarayon 
    maʼlumotga bevosita 
    kirish deb ataladi hamda shunchaki birgina maʼlumotni 
    topish uchun butun diskni oʻqib chiqish zarurati yoʻqligini 
    anglatadi, bu esa jarayonni nihoyatda tezlashtiradi. Bu 
    turdagi maʼlumotlarga bevosita kirish ulardan tezkorlik bilan 
    foydalanish zarur boʻlgan hollarda muhimdir.
    Portativ va yechiladigan qattiq disklar
    Ushbu qattiq disk turi qoʻzgʻalmas qattiq diskga juda oʻxshash 
    hamda ular bir xil texnologiyadan foydalangan holda ishlaydi. 
    Yagona farqi shundaki, odatda ular tizimli blok ichiga 
    joylanmagan va kompyuter bilan boshqa turdagi bog‘lanishga 
    ega boʻladi, masalan, USB orqali ulanish mumkin (3.02-rasmga 
    qarang). Maʼlumotlarni oʻqish yoki maʼlumot yozish uchun 
    ularni osongina kompyuterga ulash mumkin. Shundan 
    soʻng ularni kompyuterdan uzish va kerakli yerga olib ketish 
    mumkin.
    Ular qoʻzgʻalmas qattiq disklarga qaraganda ancha 
    ehtiyotkorlik bilan himoyalanishi kerak, chunki 
    harakatlantirilayotganda nimagadir urilib ketishi mumkin. 
    Himoyaga qaramasdan, ular baribir moʻrt hisoblanadi. 
    Ularning narxi portativ xotira qurilmalarining boshqa 
    shakllariga qaraganda qimmatroq, biroq ancha koʻproq 
    maʼlumot saqlay oladi, shu sababli ular, ayniqsa, tizimdagi 
    barcha maʼlumotlar nusxasini hosil qilish uchun foydalidir.
    3.02-rasm. Portativ qattiq disk.
    Portativ ma’lumot tashuvchining afzalliklari quyidagilar:
    Qoʻzgʻalmas qattiq diskdan farqli oʻlaroq, u tashqi quvvat 
    manbayini talab qilmaydi, shu sababli uni USB-portga 
    ulashingiz va darhol foydalanishni boshlashingiz mumkin.
    Agar yoʻlda boʻlsangiz, oʻzingiz bilan olib yurish uchun 
    yetarlicha kichik, hatto juda ixcham bo‘ladi. Ayrim hollarda 
    shikastlanish ehtimolini minimallashtirishga yordam 
    berishi uchun qattiq tashqi qobiqqa ega bo‘lishi mumkin.

    Download 132,8 Mb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    • kompyuterning operatsion tizimini; •

    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish