• • Qattiq holatdagi ma’lumot tashuvchi
  • Qattiq holatdagi ma’lumot tashuvchi
  • • Optik ma’lumot tashuvchilar




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet57/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    • Optik ma’lumot tashuvchilar maʼlumotlarni oʻz yuzasida 
    lazerda kuydirish orqali hosil qilingan hamda 0 lar va 1 
    larni ifodalovchi kichik “chuqurchalar” yordamida saqlaydi. 
    Soʻng yuzaga lazerni mayinroq qilib yoʻnaltirish mumkin 
    va u chuqurchalarga tekkan yerdagi aks silliq yuzadan 
    qaytuvchi aksdan farq qiladi. Ushbu farqlardan raqamli 
    maʼlumotlarni saqlash uchun foydalanish mumkin.
    • Qattiq holatdagi ma’lumot tashuvchi magnitli va optik 
    xotiradan farq qiladi, chunki unda harakatlanuvchi qismlar 
    mavjud emas hamda bevosita kompyuterga oʻrnatiladi. 
    Qurilma va tashuvchi deganda bir xil narsa nazarda tutilgan.
    Magnitli xotira qurilmasi
    KALIT SOʻZLAR
    Magnitli ma’lumot tashuvchi: maʼlumotlarni magnitli 
    tarzda saqlaydi.
    Optik ma’lumot tashuvchi: maʼlumotlarni yuzada saqlaydi.
    Qattiq holatdagi ma’lumot tashuvchi: harakatlanadigan 
    qismlari yoʻq, elektron sxemalarga asoslanadigan va flesh 
    xotiradan foydalanadigan xotira qurilmasi.
    Qattiq disk va diskovod
    Qattiq disk aksariyat shaxsiy kompyuterlarning asosiy xotira 
    qurilmasidir (3.01-rasmga qarang). Maʼlumotlar bitta yoki 
    undan ortiq diskda saqlanadi. Qattiq disk o‘z 
    diskovodi ichida 
    turadi, shu sababli qattiq disk diskovodi odatda bir vaqtning 
    oʻzida ham diskni, ham diskovodni anglatadi.
    3.01-rasm. Qattiq disk.
    Har bir diskda 
    oʻqish/yozish golovkasi deb ataluvchi qurilma 
    bor. Bu diskka maʼlumotlarni saqlash uchun yoza oladi hamda 
    foydalanilishi kerak boʻlgan vaqtda diskdan maʼlumotlarni 
    oʻqiy oladi.
    Asosiy xotira sifatida foydalaniladigan qoʻzgʻalmas qattiq 
    diskning afzalliklari:
    ular juda katta hajmdagi maʼlumotlarni saqlay oladi;
    maʼlumotlardan foydalanish tezligi baland ekanligi;
    qurilmani qayta ishlatish soni cheklanmagan (yaʼni 
    maʼlumotlar oʻchirilishi va yangi maʼlumotlar yozilishi 
    mumkin).
    Kamchiligi shundaki, qoʻzgʻalmas qattiq disk himoyalanmagan 
    boʻlishi mumkin, chunki ular kompyuter qutisi ichida 
    saqlanadi, maʼlumot xavfsizligini taʼminlash uchun ulardagi 
    maʼlumotlar nusxalanishi kerak.
    Qoʻzgʻalmas qattiq disklardan uch turdagi maʼlumotlarni 
    saqlashda foydalaniladi:

    Download 132,8 Mb.
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish