33
3-bob:
Xotira qurilmalari va ma’lumot almashish
vositalari
Taʼlim maqsadlari
Bu bob yakunida quyidagi bilimlarga ega boʻlasiz:
■
optik, magnitli va qattiq holatdagi xotira qurilmalarini, ularga oʻxshash ma’lumot tashuvchilar hamda ulardan foydalanish
usullarini
aytib bera olasiz;
■
ushbu qurilmalardan foydalanishning afzalliklari va kamchiliklarini tasvirlab bera olasiz.
3-bob haqida umumiy maʼlumot
Xotira qurilmasi – kompyuter tizimining yordamchi
qurilmalaridan biri boʻlib, u kompyuter yoniq yoki oʻchiq
boʻlishidan qatʼiy nazar, maʼlumotlarni saqlash uchun
ishlatiladi.
Ma’lumot tashuvchi maʼlumotlarni saqlaydigan
qurilmadir,
xotira qurilmasi esa ma’lumot tashuvchidagi
maʼlumotlarni saqlashga imkon beradigan,
keyinchalik undagi
maʼlumotlarni oʻqiydigan qurilmadir. Masalan, CD RW disk
ma’lumot tashuvchi, chunki bu qurilma oʻzida maʼlumot
larni
saqlaydi; CD RW diskovod esa CD RW diskni oʻqish
yoki unga
yozish uchun foydalaniladigan mashinadir. Ham ichki, ham
tashqi CD RW diskovod mavjud.
Bu bobda turli xil xotira qurilmalari va ma’lumot tashuvchilarni
o‘rganamiz, shunda siz ularni ajratib
olasiz hamda ularning
afzalliklari hamda kamchiliklarini tushuna olasiz.
3.01 Xotira qurilmalari va
ma’lumot tashuvchilar
Xotira qurilmasining uchta turi mavjud va har bir turi
maʼlumotlarni turlicha usulda saqlaydi:
• Magnitli ma’lumot tashuvchilar maʼlumotlarni
magnitlarda saqlaydi. Ma’lumot
tashuvchining yuzasi
magnitli materialdan tayyorlangan hamda unga
maʼlumotlar mahalliy magnitli qutblanishni oʻzgartirish
orqali 0 yoki 1 ni hosil qilish uchun yoziladi. Soʻng magnitli
qurilma diskdan maʼlumotlarni o‘qish uchun 1 lar va 0 larni
ajratib olish orqali ularni oʻqiy oladi.