|
9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari Pdf ko'rish
|
bet | 52/382 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 132,8 Mb. | | #103163 |
Bog'liq IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslikKeng formatli printer
Baʼzi ofislarda yirik jadvallarni chop etish uchun keng formatli
printer ishlatiladi. Ulardan poligrafiya sohasida maketlar,
plakatlar va boshqa hujjatlarnii bosib chiqarishda ham
foydalaniladi. Jismoniy shaxslar ham oʻz suratlarini keng
formatda chop etishni xohlashi mumkin.Ushbu jarayonda ham
keng formatli printerdan foydalaniladi.
3D printer
1-bobning 1.05-boʻlimida yangi texnologiyalarni muhokama
qilishda 3D printerlar bilan tanishgan edingiz.
Plotter
Plotter – vektorli grafikani chop etish qurilmasidir. Vektorli
grafika, odatdagi tasvir formatlari(masalan, .jpeg, .bmp yoki
.gif)dan farqli oʻlaroq, piksellardan emas; vektorli chiziq,
kvadrat, uchburchak, egri chiziq va boshqa grafik shakllarni
yaratishi mumkin boʻlgan boshlanish hamda tugash
nuqtasiga ega chiziqdan hozil qilinadi.
Plotter vektorlarni chizishda qalamlardan foydalanadi.
Plotter aniq va toza bosma nusxani chiqaradi, shu sababli
kema, mashina, bino rejasini chop etish, muhandislik yoki
arxitekturada foydalanish uchun u ideal qurilmadir.
Avvallari plotterlar kompyuter yordamidagi loyiha yaratish
dasturi (CAD) bilan ishlatilgan. Biroq hozirda bu ishni keng
formatli odatiy printer oʻz zimmasiga olmoqda.
Plotterning asosiy ikki turi mavjud (2.15-rasmga qarang).
Yassi plotterda qog‘oz qalamning pastki qismida bir
tekisda yotadi. Qalamning oʻzi esa motorga
purkagichli
printerning bosish tugmasiga oʻxshash tarzda biriktirilgan
bo‘ladi.
Barabanli plotterda qogʻoz barabanga yotqiziladi, baraban
qogʻozni qalamning pastki qismida joylash uchun aylanadi,
bu vaqtda qalamning oʻzi baraban boʻylab harakatlanadi.
Umuman olganda, u yassi plotterga juda oʻxshash, lekin
kamroq joy egallaydi. Ulardan baʼzida qalam emas, boshqa
uskuna, masalan, kesish uchun vinil keskich uskunasidan ham
foydalaniladi.
|
| |