Qurilma Afzalliklari Kamchiliklari OMR
Tez va aniq
Formalar aniq tuzilgan boʻlishi va aniqlik bilan toʻldirilishi
kerak.
OMR rider faqat soyali joylarni oʻqiy oladi.
OCR
Harf terish zarurati boʻlmagani sababli tezkor va aniq, shu
bilan birga, ishchi kuchi borasida arzonroqqa tushadi.
Qoʻlda yozilgan yozuvni oʻqishda qiyinchilik yuzaga kelishi
mumkin.
Xatolar bor-yoʻqligini tekshirish kerak.
MICR
Tezkor jarayon va kuchliroq xavfsizlik, chunki maxsus
siyoh belgilarini oʻzgartirib boʻlmaydi.
Oʻqilishi mumkin boʻlgan belgilar miqdori cheklangan.
Qurilma va siyoh qimmat.
Shtrix kod
rider
Mahsulot narxlari oʻzgarganda vaqtni tejaydi, chunki har
bir mahsulot uchun maʼlumotlar bazasidagi maʼlumot
bir marta yangilanishi kerak boʻladi, xolos.
Tizimga maʼlumotlarni tez va oson kiritish mumkin.
Vaqtni tejash uchun mahsulot zaxiralari boshqaruvini
avtomatik tarzda yangilaydi. Juda aniq.
Texnologiya qimmat.
Shtrix kodlar zararlanmagan boʻlishi kerak.
Chip va PIN
rider
Xavfsiz.
Klonlash qiyin.
Chiplar magnit tasmalarga qaraganda koʻproq maʼlumot
sigʻdira oladi.
Portativlik.
Xavfsizlik: PIN kodingizni unutishingiz yoki kiritayotgan
paytingiz uni boshqalar koʻrishi mumkin.
Magnit
tasma
o‘qish
qurilmasi
Maʼlumotlarni kiritish nihoyatda tez.
Hech narsa yozib kiritilmagani sababli maʼlumot
kiritishda xatolik boʻlmaydi. Mustahkam.
Insonlar oʻqiy olmaydi.
Magnit tasma faqat kichik hajmdagi maʼlumotni sigʻdira oladi.
Kartalar ishlashi uchun uni o‘qish qurilmasi bilan jismoniy
aloqaga kirishish kerak.
Agar tasma zararlansa, maʼlumotlar yoʻqotiladi. Nusxalash oson.
2.01-jadval. Maʼlumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritishning afzalliklari va kamchiliklari.
9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari 28
2
TFT monitor LCD monitordan u qadar farq qilmaydi, lekin LCD
monitorning zamonaviy versiyasi ancha yaxshilangan tasvir
sifatini taqdim etadi.