2
Oddiy kalit bilan taqqoslaganda, buning afzalligi shundaki,
agar karta yoʻqolsa, u qaysi xonani ochish uchun kodlanganini
aniqlash
imkonsizdir, chunki barcha kartalar bir xil koʻrinishga
ega bo‘ladi.
Kamchiligi shundaki, internet orqali sotib olish mumkin
boʻlgan kichik qurilma yordamida maʼlumotlarni
osongina
oʻqish yoki oʻzgartirish mumkin!
2.11-rasm. Chip (old tomondan) va magnit tasma (orqa
tomondan) koʻrsatilgan kredit karta.
Chip va PIN riderlar
Kredit va plastik kartalarning orqa tarafida har doim karta va
hisob keltirilgan maxfiy maʼlumotlarni
saqlaydigan magnit
tasma boʻlgan. Biroq yanada xavfsizroq boʻlishi uchun kredit
va plastik kartalarning hammasi ingichka kremniy qatlamida
saqlanadigan bir qancha kompyuter qurilmasi kabi kichik
sxemani, yaʼni
chipni oʻz ichiga oladi.
Chipni kartaning yuza
qismida koʻrish mumkin.
Chip va PIN karta yordamida toʻlov qilishda foydalanuvchi
kartani chipda saqlanadigan maʼlumotni oʻqish uchun