|
9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari Pdf ko'rish
|
bet | 54/382 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 132,8 Mb. | | #103163 |
Bog'liq IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslikBoshqaruv
qurilmalari kompyuterda berilgan buyruqqa javoban ayrim
fizik qiymatlarni oʻzgartirish uchun ishlatiladi.
Sensor va boshqaruv qurilmalari nazorat qilish kompyuterning
boshqaruv dasturini tashkil qiladi.
Isitish qurilmalarini aktuator yordamida boshqarish
mumkin. Ulardan markaziy isitish tizimlarida hamda
issiqxonalardagi harorat muayyan belgilangan darajadan
tushib ketmasligini taʼminlash uchun foydalaniladi.
Ko‘pgina kompyuter tizimlarida kir yuvish mashinalaridan tortib,
DVD pleyerlari yoki konditsionerlargacha boʻlgan koʻplab maishiy
qurilmalarning elementlarini boshqarish uchun
motordan
foydalaniladi. Agar qurilma muayyan qoidalar toʻplamiga rioya
qilsa, uni protsessor boshqarishi mumkin. Xuddi shuningdek,
agar qurilma harakatlarni bajarish uchun motorlardan
foydalansa, ushbu motorlarni protsessor boshqarishi mumkin.
Bazzerlar yoki biperlar bir marta tovushli signal chiqaradi
hamda koʻpincha foydalanuvchini muayyan hodisa sodir
boʻlganidan xabardor qilish uchun ishlatiladi. Masalan,
mikrotoʻlqinli pechda belgilangan vaqti tugagach, pech ovozli
signal chiqarishi mumkin. Bunday qurilmalardan odatda tinch
muhitda foydalaniladi, chunki shunda ularni aniq eshitish
mumkin. Ayrim qurilmalarda bunday ogohlantirish signali
sifatida chiroqlar va lampalardan foydalanadi. Agar qurilma
protsessor tomonidan boshqarilsa, u holda chiroqlarni
chiqarish qurilmasi deb hisoblash mumkin.
2.15-rasm. Plotter turlari: (a) yassi plotter (b) barabanli plotter.
a
b
2.16-rasm. Chiroqni yoqishni boshqarish uchun kompyuterdan
foydalanish.
31
2-bob: Kiritish va chiqarish qurilmalari
|
| |