|
9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari Pdf ko'rish
|
bet | 50/382 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 132,8 Mb. | | #103163 |
Bog'liq IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslikIPS/LCD monitorlar
Taʼkidlash joizki, LCD – texnologiyaning bir turi, IPS esa
LCD ekranda ishlatiladigan panel turidir. Shuningdek,
LED foydalaniladigan yorugʻlik turidir. Shu sababli
IPS panelli va LED yoritkichli LCD ekranga ega boʻlish
mumkin.
IPS displeylar yaxshi koʻrish burchaklari va rang uzatish
texnologiyasiga ega, shuningdek, ulardagi kontrast va qora
darajalari ham yaxshi.
Ularda reaksiya vaqtining (ekranda tasvirni hosil qilishi uchun
ketadigan vaqt) boshqa turdagi displeylardan sekinroq
ekanligi ularning kamchiligi hisoblanadi.
Multimediali proyektor
Bular kompyuterdagi tasvirni keraklicha katta yuzada aks
ettira oladigan qurilmalardir (2.13-rasmga qarang). Tasvir
oʻlchamining yagona chegarasi proyektordan chiqaradigan
yorugʻlikning kuchi yoki yorqinligidir. Boshqa barcha jihatlarda
qurilma odatiy monitor ekrani bilan bir xil.
2.13-rasm. Multimediali proyektor.
Qurilma toʻliq koʻchma yoki devorga oʻrnatilgan holda
ishlatilishi mumkin. Qurilmaning kamchiligi – tasvirlarni aks
ettirish uchun kuchli va qimmat lampa kerak boʻladi. Ushbu
lampalar moʻrt bo‘ladi, ayniqsa, proyektor qizib turganda
harakatlantirilsa, lampaga zarar yetish darajasi oshadi.
Printer va plotter
Printer va plotter qogʻoz yoki boshqa materiallar ustida belgilar
va/yoki grafikalar yaratadigan chiqarish qurilmalaridir.
Hammamizga ma’lumki, printerning bir necha turlari bor
(2.14-rasmga qarang).
Lazerli printerlar
Lazerli printerlar kerakli natijalarni barabanga “chizish”
uchun lazer nurlaridan foydalangan holda ishlaydi. Bu
barabanning lazer tekkan qismlarida musbat elektr zaryadini
hosil qiladi. Soʻng siyoh kukuni (toner deb ataladi) barabanga
sepiladi hamda elektr zaryadi boʻlgan yerlarga yopishadi.
Keyin esa baraban qogʻozga bosiladi va siyoh qogʻozga
koʻchadi. Shundan soʻng qogʻoz “termoelement” yordamida
isitiladi va toner qogʻozga yopishib, bosma nusxani hosil qiladi.
Agar toʻrt xil rangdagi tonerga ega toʻrtta baraban boʻlsa, rangli
bosma nashrlarni chiqarish mumkin.
Chop etish sifati va tezligi muhim boʻlgan jarayonda lazerli
printerlardan foydalaniladi.
Lazerli printerlardan foydalanishning kamchiliklaridan biri
shundaki, toner toksindir (zaharli) va u solingan kartrijlar
ehtiyotkorlik bilan yoʻq qilinishi lozim. Lazerli printerlarning yana bir
kamchiligi shuki, rangning aks ettirilishi har doim ham purkagichli
printer kabi aniq boʻlmaydi, shuningdek, lazerli printerlar odatda
purkagichli printerga qaraganda qimmatroq boʻladi, uzoq muddat
foydalanilgani sababli ular arzonroqqa tushishi mumkin.
|
| |