|
9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari Pdf ko'rish
|
bet | 47/382 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 132,8 Mb. | | #103163 |
Bog'liq IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslikchip
va PIN rider deb nomlanuvchi qurilmaga kiritadi (2.11-rasm).
Chipdagi eng muhim maʼlumot
PIN (personal identification
number = shaxsiy identifikatsiya raqami) boʻlib, u karta egasi
undan foydalana olishi uchun bilishi lozim boʻlgan raqamli
koddir. Foydalanuvchi riderga biriktirilgan raqamli klaviaturada
PIN-kodni teradi. Terilgan PIN-kod kartaning chipida
saqlanuvchi PIN-kod bilan solishtiriladi, agar ikkalasi bir-biriga
mos boʻlsa, keyin toʻlov amalga oshiriladi.
Bu texnologiyaning afzalligi shundaki, saqlanadigan maʼlumot
xavfsizdir, chunki chipni oʻqish qiyin. Kamchiligi shundaki, kishilar
odatda PIN-kodlaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanmaydi, bu esa
axborot xavfsizligiga zarar yetkazishi mumkin.
Smart kartalar va kontaktsiz toʻlov
Kontaktsiz karta toʻlovlarini amalga oshirish uchun kartani
riderga jismonan kiritish yoki PIN-kodni terish shart emas.
Ulardan foydalanish odatda kichik xaridlar bilan cheklanadi
(2.12-rasm).
2.12-rasm. Kontaktsiz toʻlov kartasi.
Smart karta oldindan pul yuklanishi mumkin boʻlgan kartadir.
Bu xuddi tarkibiga mikroprotsessor o‘rnatib qo‘yilgan sendvich
masalliqlariga oʻxshaydi. Mikroprotsessor kredit yoki plastik
kartada koʻrishingiz mumkin boʻlgan magnit tasmaning oʻrnini
egallaydi.
Smart karta qulaylik va tezkorlik uchun ishlatiladi.
Masalan, agar undan maktab kafesida toʻlov qilish uchun
foydalansangiz, u jarayonni tezlashtiradi, chunki toʻlovni
amalga oshirish uchun kartani riderning ustidan oʻtkazishning
oʻzi kifoya (bu ortingizda boshqalar navbatda turganda foydali
boʻladi).
2.12-SAVOL
Baʼzi kollejlar oʻz o‘quvchilariga kollejga kirish imkonini
beruvchi kartalar taqdim qiladi.
a Bunda kollej rahbariyati ushbu kartalar orqali qanday
ma’lumotlarni bilib olsihi mumkin?
|
| |