|
9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari Pdf ko'rish
|
bet | 42/382 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 132,8 Mb. | | #103163 |
Bog'liq IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslikPult
Pult qoʻlda ushlanadigan kichik qurilma boʻlib, TV yoki stereo
qurilmalarni boshqarishda ishlatiladi. Uning bir qancha
tugmalari bor. Tugma bosilganida pult qurilmaga infraqizil
signal yuboradi. Har bir signalning kodi bor, qurilma nima
qilishini anglashi uchun har bitta tugma oʻz kodiga ega.
Masalan, pultlar uydagi koʻngilochar tizimlar, sunʼiy yoʻldosh
qutilari, chiroqlar, pardalarni boshqarish uchun qoʻllaniladi.
Uning asosiy afzalligi qulayligidadir, masalan, telekanalni
oʻzgartirish uchun joyingizdan turishingiz shart emas.
Kamchiligi signal boshqa qurilmalar faoliyatiga xalaqit berishi
hamda pult va boshqarilayotgan qurilmani buyumlar toʻsib
qoʻyishi mumkin.
2.02 Maʼlumotni bevosita
kiritishda foydalaniladigan
qurilmalar
Hozirgacha shu bobda muhokama qilingan kiritish
qurilmalarining aksari yati insonning
qoʻlda kiritish
qurilmalaridan foydalangan holda maʼlumot kiritishini talab
qilar edi, ammo maʼlumotlarni inson ishtirokisiz bevosita
kiritish imkonini beruvchi boshqa usullar ham bor. Bular koʻp
hollarda tijorat yoki biznes dasturlar uchun katta hajmdagi bir
xil maʼlumotlar kiritilishida qoʻllaniladigan
bevosita maʼlumot
kiritish usulidir.
OCR va OMR
Agar sizda matnli hujjatning qogʻozli nusxasi boʻlsa, uni
kompyuteringizga skanerlashingiz va u orqali maxsus dasturiy
taʼminot yordamida matn bilan ishlash dasturi ishlov bera
oladigan matnga aylantirishingiz mumkin. Bu matndagi har bir
belgini aniqlashga harakat qilishi sababli
optik belgini aniqlash
(OCR - Optical Character Recognition) deb nomlanadi.
OCR dasturiy taʼminoti har bir belgining shaklini oʻzi bilgan
shakllar bilan solishtiradi, mosini topganidan keyin kompyuter
uni masalan, R harfi sifatida saqlaydi. U qogʻozli nusxadagi
hujjatlar maʼlumotlari kiritilishini qayta terib chiqishdan koʻra
osonroq amalga oshiradi. Shuningdek, pasportlar yoki ID
kartalardagi maʼlumotni bevosita kompyuterga oʻtkazish
uchun OCR dasturiy taʼminoti qoʻllaniladi.
|
| |