• 2.09-SAVOL a
  • 2.02-QO‘SHIMCHA MASHG‘ULOT 23 2-bob: Kiritish va chiqarish qurilmalari
  • Tovush va musiqa kiritish qurilmalari Mikrofon Mikrofondan
  • MIDI klaviaturalar Musiqiy yoki MIDI klaviatura
  • 9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet41/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    video konferensiyalar 
    deb ataladi.
    Veb-kameradan olingan jonli tasvirlar veb-saytga joylanishi 
    mumkin. Masalan, ayrim veb-kameralar koʻchalarni, boshqalari 
    esa yovvoyi hayvonlar yashaydigan joylarni koʻrsatishi 
    mumkin.
    Veb-kameralar maxsus qurilmalar boʻlib, ularni doim yoniq 
    holda qoldirish mumkin. Bu ulardan xavfsizlik sabablariga 
    koʻra uyni masofaviy kuzatish yoki qariyalarni masofadan turib, 
    2.09-SAVOL
    a OCRdan foydalanish jarayoniga misol keltiring.
    b OMRdan foydalanish jarayoniga misol keltiring.
    Turli printerlarda topish mumkin boʻlgan rangli 
    siyohlarning sonini oʻrganib chiqing. Nima sababdan 
    fotoprinterda oddiy printerlarga nisbatan ranglar koʻproq 
    boʻladi? Ularda qaysi ranglar boʻladi?
    2.02-QO‘SHIMCHA MASHG‘ULOT
    23
    2-bob: Kiritish va chiqarish qurilmalari


    2
    ularga erkinlik bergan holda kuzatishda qoʻllaniladi. Xotirasi 
    boʻlmagani sababli foydalanish uchun kompyuterga ulanishi 
    kerakligi ularning kamchiligi hisoblanadi.
    Tovush va musiqa kiritish qurilmalari
    Mikrofon
    Mikrofondan tovushlarni kompyuter qayta ishlay oladigan 
    axborotga aylantirish uchun foydalaniladi. Bu bir qancha 
    dasturlarda, masalan, taqdimotlar muharriri yordamida 
    yaratilgan taqdimotga ovozli nutq qoʻshish uchun qoʻllanishi 
    mumkin. Shuningdek, mikrofonlar inson nutqini matn 
    protsessori foydalana oladigan matnga aylantirish imkonini 
    beradi.
    Mikrofonlarni nogiron odamlar odatiy kiritish qurilmasidan 
    foydalanish imkoniyati boʻlmaganida ishlatadi.
    Matn bilan ishlash dasturida qoʻllaniladigan nutqni matnga 
    aylantirib beradigan dasturiy taʼminot ishonchsiz boʻlishi 
    mumkin va uni qayta moslashtirish kerak bo‘ladi.
    MIDI klaviaturalar
    Musiqiy yoki 
    MIDI klaviatura kiritish qurilmasi sifatida xizmat 
    qilishi mumkin (2.08-rasm).
    2.08-rasm. MIDI klaviatura va uning ko‘rinishi.
    Uni kompyuterga klaviaturadan kelayotgan signalni kompyuter 
    oʻqiy oladigan elektron axborotga aylantiruvchi maxsus 
    turdagi interfeys – MIDI interfeysdan foydalangan holda 
    ulash kerak. Masalan, klaviaturada tugma bosilganida nota 
    elektronik tarzda qayta ishlanishi uchun MIDI uni notaning 
    pardasi, davomiyligi va boshqalarga oʻzgartiradi.
    Maʼlumotlarni bu tarzda kiritishning kamchiligi – 
    foydalanuvchida boshlang‘ich darajada bo‘lsa ham musiqiy 
    qobiliyat boʻlishi kerak! Ammo MIDI maʼlumotlarini bu tarzda 
    saqlash tovush namunalarini saqlagandan koʻra kamroq joy 
    oladi. Bu texnologiya musiqani raqamli koʻrinishda yozish 
    va tahrirlash uchun keng qoʻllaniladi. Shuningdek, bitta 
    sozandaga bir yozuvni turli qurilmalarda ijro etish imkonini 
    beradi.

    Download 132,8 Mb.
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari

    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish