2
2.06-rasm. Kir yuvish mashinasida harorat sensorining
qoʻllanilishi.
Harorat sensorlari boshga koʻp dasturlarda ham qoʻllaniladi,
jumladan:
• markaziy isitish yoki konditsioner tizimiga ega bo‘lgan uyda
xonaning haroratini boshqarish jarayonida;
• issiqxonalardagi
haroratni boshqarishda;
• ilmiy tajribalarni o‘tkazish jarayonida reaksiya idishlaridagi
issiqlikni boshqarishda.
2.07-rasm. Harorat sensorlari issiqxonalardagi haroratni
boshqaruvchi tizimlarda qoʻllaniladi.
Bosim sensorlari bosimni oʻlchaydi va natijani qaror qabul
qiladigan protsessorga yuboradi.
Bosim paneli uyda signalizatsiya tizimining bir qismi sifatida
gilam tagida qoʻllanilishi mumkin.
Agar nimadir yuzani bosib,
signalizatsiyani ishga tushiruvchi holatni hosil qilsa, u holda bu
sensor emas. Bu shunchaki tugma hisoblanadi.
Agar bosimning oʻlchovlari
protsessorga yuborilsa, ushbu
ma’lumotlar asosida protsessorda qaror qabul qilinishi
mumkin. Protsessor ma’lumotlar
asosida bu odam yoki
mushuk ekanini xulosa qiladi. Ushbu xulosa asosida
signalizatsiyani ishga tushiradi yoki tushirmaydi. Protsessor
shunga o‘xshash
qarorlarni qabul qilsagina, bosimni
oʻlchaydigan bu qurilma sensor hisoblanadi.