2
Grafik planshet
Grafik planshet – qalam
yoki stilus-qalamdan kirish
maʼlumotlarini qabul qiluvchi juda katta sensorli ekranga
oʻxshash qurilma. U raqamli yozuvni qabul qilish uchun
harakatni aniqlash texnologiyasidan foydalanadi. Buning
uchun u yuzasi ustida harakatlanayotgan qalam harakatini
aniqlab, bu maʼlumotni kompyuterga yuboradi. Grafik planshet
diagrammalar va suratlarni “chizish” uchun qoʻllanilishi
mumkin.
Odatda grafik planshetning faol
yuzasidan xuddi kompyuter
ekrani kabi foydalaniladi; masalan, planshetning yuqori
oʻng qismiga tegish kursorni ekranning yuqori oʻng
qismiga
chiqaradi va pastki oʻng qismiga tegish esa kursorni
toʻgʻridan-toʻgʻri pastki oʻng qismga yuboradi. Sichqoncha
va sensorli paneldan farqli oʻlaroq, kursorni ekran boʻylab
harakatlantirishga hojat yoʻq:
foydalanuvchi planshetning
qayeriga tegsa, u toʻgʻri oʻsha yerga boradi.
Grafik planshet foydalanuvchiga rasm ustidan chizish orqali
qogʻozdagi rasmlardan nusxa olish imkonini beradi. Ular
original rasmlar va hatto yozuvli ma’lumotlarni, xususan,
xitoy hamda yapon tillari uchun qo‘llanma yaratishda ham
qoʻl keladi. Bunday rasm chizish va
yozishning osonligi grafik
planshetning afzalligidir.
Grafik planshetdan foydalanishning kamchiligi esa baʼzida
planshet ustida stilus-qalamning joylashuvi, planshet
ustidagi kursor joylashuvi va uni
harakat bilan moslashtirish
qiyinligidadir.