|
• trekerbol qoʻzgʻalmas boʻlib, uni harakatga keltirish uchun
yuza shart emas,
• Pdf ko'rish
|
bet | 34/382 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 132,8 Mb. | | #103163 |
Bog'liq IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik• trekerbol qoʻzgʻalmas boʻlib, uni harakatga keltirish uchun
yuza shart emas,
• uni mashinaning maʼlumotlar tizimiga oʻrnatish mumkin va
shikastlanish darajasi sichqonchaga qaraganda pastroq
hisoblanadi. Shuningdek, u boshqa manipulyatorlardan
foydalana olmaydigan, harakati cheklangan inson
tomonidan ham qoʻllanilishi mumkin.
Trekerbolning kamchiligi nozik boshqaruv talab etadigan
ayrim dasturlarda undan foydalanishning qiyin ekanligidadir.
Joystik
Joystik sichqoncha bajaradigan vazifalardan tashqari boshqa
vazifalarni ham bajara oladi. Masalan, motorli nogironlar
aravachasini harakatlantirishi ham mumkin (2.04-rasmga
qarang).
2.04-rasm. Joystik yordamida boshqariladigan nogironlar
aravachasi.
Manipulyator sifatida joystik oʻyin jarayonida qahramonni,
raketa, mashina yoki boshqa biror jismni kursor sifatida
harakatlantiradi. Joystik oʻyin jarayonida jismni sakratish kabi
maʼlum bir vazifani bajarishga moʻljallangan tugmalarga ham
ega. Joystikning dasturiy taʼminoti qanday dasturlanganiga
ko‘ra unda qanday amallarni bajarish mumkin ekanini aniqlasa
bo‘ladi.
Joystiklar nafaqat kompyuter tizimida manipulyator sifatida,
balki koʻplab amaliy dasturlarda ham qoʻllaniladi.
Joystiklar oʻz afzalliklari sababli quyidagi dasturlarda
qoʻllaniladi:
• foydalanuvchiga vaziyatni nazorat qilish hissini bergani
hamda oʻyinchi harakatlarining tez bajarilishi orqali
qoʻshimcha zavq bagʻishlay olgani uchun turli oʻyinlarni
oʻynashda;
• juda murakkab sharoitlarda ham foydalanish oddiy ekanligi
sabab, samolyotni boshqarish uchun;
• juda kam jismoniy harakatlar orqali turli buyruqlarni
berishga imkoniyat borligi sabab, motorli nogironlar
aravachasini boshqarish uchun.
Joystik yordamida ekranda kursorning nozik harakatlarni
boshqarishi sichqonchaga nisbatan qiyin ekanligi uning
kamchiligi hisoblanadi.
|
| |