• • Maʼlumotni bevosita kiritish qurilmalari
  • KALIT SOʻZLAR Kiritish qurilmasi
  • 9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet30/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    2.01 Kiritish qurilmalari va 
    ularning qoʻllanilishi
    Kiritish qurilmasi ikki toifaga boʻlinadi. 
    Ular quyidagilar:
    • Ma’lumotni qoʻlda kiritish qurilmalari – insonlarning 
    oʻzi tomonidan kompyuterga maʼlumot kiritish uchun 
    qoʻllaniladigan qurilmalar;
    • Maʼlumotni bevosita kiritish qurilmalari – inson qoʻli 
    bilan kiritishi kerak boʻlmagan maʼlumotlarni to‘g‘ridan-
    to‘g‘ri kiritilishiga imkon beruvchi qurilmalar. Masalan, 
    optik belgilarni oʻqish qurilmasi yoki shtrix-kod rider kabi 
    qurilmalarni keltirish mumkin.
    KALIT SOʻZLAR
    Kiritish qurilmasi: maʼlumotlarni qayta ishlash uchun ularni 
    kompyuterga yetkazib beradi.
    Qoʻlda kiritish qurilmalarining turlari:
    raqamli klaviatura va musiqiy klaviaturalar;
    sichqoncha, sensorli panel yoki trekerbol kabi 
    manipulyatorlar;
    joystik yoki rul;
    sensorli ekran;
    skaner;
    sensor;
    pult;
    raqamli kameralar, jumladan, veb-kamera, video kamera;
    mikrofon;
    grafik planshet.
    Klaviatura
    Klaviaturada ishlash
    Klaviatura kompyuter tizimiga oʻzgarmas qiymatlarni, koʻp 
    hollarda belgilarni kiritish uchun ishlatiladigan qurilmadir. 
    Klaviaturaning koʻplab turlari mavjud. Bu bobda QWERTY 
    klaviaturalari, konseptual klaviaturalar va raqamli klaviaturalar 
    haqida bilib olasiz.
    2.02-rasm. Qwerty klaviaturasi.
    QWERTY klaviaturasi hamon eng ommabop klaviatura 
    turi boʻlib, undan harflar, raqamlar va tinish belgilarini 
    kompyuterga kiritish uchun foydalaniladi. Uning nomi 
    klaviaturaning yuqori qatoridagi harflar joylashuvidan kelib 
    chiqqan: Q W E R T Y (2.02-rasmga qarang).
    Klaviatura email yozishdan tortib, kitob yozishgacha boʻlgan 
    vazifalarni bajarish uchun qoʻllaniladi.

    Download 132,8 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari

    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish