|
9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari Pdf ko'rish
|
bet | 32/382 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 132,8 Mb. | | #103163 |
Bog'liq IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslikRaqamli klaviatura
Koʻp QWERTY klaviaturalarning oʻng tomonida 0 dan 9
gacha boʻlgan raqamlar uchun toʻgʻri toʻrtburchak shaklida
joylashtirilgan tugmalar guruhi mavjud. Bu
raqamli klaviatura
deyiladi. Raqamli klaviatura xaridorlar biror narsa uchun karta
yordamida toʻlov qilganida PIN raqamlarini kiritishda ham
ishlatiladi. Raqamli klaviaturalar kichik, ishlatishga oson va biror
so‘zlashuv tiliga bogʻliq emas.
Manipulyatorlar
Sichqoncha
Sichqoncha ekrandagi kursorni harakatga keltiradigan va
tugmalarini bosish orqali tanlov qilishga imkon beruvchi
qurilma ekanligini bilsangiz kerak. Oddiy sichqonchaning
tagida kichik sharcha boʻladi. Sichqoncha stol ustida
yurgizilganida, sharcha tekis yuzada harakatlanadi.
Sharchaning harakati aniqlanadi va kompyuterga yuboriladi.
Kompyuter sichqoncha qanday harakat qilganini aniqlaydi va
unga mos ravishda kursorni harakatlantiradi.
Sichqonchadan foydalanishning afzalliklari:
• maʼlumot kiritishning tezkor usulini taqdim etadi;
• foydalanish uchun tushunarli, chunki uning yordamida
koʻrsatish va tanlashning o‘zi yetarli bo‘ladi.
Kamchiliklari:
• sichqonchani buzib qoʻyish yoki shikastlash oson;
• ayrim foydalanuvchilar, imkoniyati cheklangan shaxslar
uchun sichqonchadan foydalanish qiyinchilik tug‘diradi;
• sichqonchadan haddan tashqari koʻp foydalanish,
qurilmaning buzilishga olib kelishi mumkin (5-bobga qarang);
• sichqoncha harakatlanishi uchun, albatta, tekis yuza kerak.
Sensorli panellar
Ayrim hollarda sichqonchadan foydalanib kursorni boshqarish
samarali natija bermaydi. Laptop bir yuzada emas, balki turli
joyda foydalanish uchun ishlab chiqarilgan. Bu esa sichqoncha
uchun yuza boʻlmasligini bildiradi. Laptop barcha zarur
yordamchi qurilmalar bitta korpusda joylashishi nazarda
tutilgan qurilma hisoblanadi. Sichqoncha esa alohida olib
yurish talab etiladigan qurilmadir.
Laptoplarda manipulyator qurilmasi oʻzgacha koʻrinishda
boʻladi. U
|
| |