2
2-bob haqida umumiy maʼlumot
1-bobda kompyuter tizimlarining
hardware deb nomlangan
qismi bir necha qurilmalarga boʻlinishi haqida ma’lumotga ega
bo‘ldingiz (2.01-rasmga qarang).
Kiritish qurilmalaridan maʼlumotni kompyuterga kiritishda
foydalaniladi. Protsessor kiritish qurilmasi
tomonidan berilgan
maʼlumotni qayta ishlaydi. Chiqarish qurilmasidan protsessor
qayta ishlagan natijalarni foydalanuvchiga
yetkazish uchun
foydalaniladi. Xotira qurilmasi maʼlumotni va qoʻllanilayotgan
dasturiy taʼminotni saqlash vazifasini bajaradi.
Kiritish
qurilmalari
Markaziy protsessor
(asosiy xotira)
Xotira
qurilmasi
Chiqarish
qurilmalari
2.01-rasm. Kompyuter tizimining asosiy komponentlari.
Har qanday kompyuter tizimi maʼlumotni kiritish va ularni
chiqarish usuliga ega bo‘lgani sababli,
kiritish va chiqarish
bilan aloqador qurilmalarni aniqlashingiz va ularni vazifasini
tasvirlay olishingiz kerak.
Biz avval kiritish qurilmalarini, keyin
esa chiqarish qurilmalarini
koʻrib chiqamiz. Kompyuter tizimida kiritish va chiqarish
qurilmalarini integratsiya qilish mumkinligini ham koʻrib
chiqasiz.