a
b
1.14-rasm. (a) Dron (b) dronni boshqarish bloki.
Odatda dron yengil kompozit materiallardan yasalgan boʻladi,
chunki yuqori balandliklarda ucha olishi uchun uning vazni
yengil boʻlishi hamda oson harakatlanishi kerak bo‘ladi.
Dronlar infraqizil kameralar va GPS bilan jihozlanishi mumkin.
Dronlardan harbiy sohalarda,
shuningdek, qidirish va qutqaruv,
ob-havo tahlili, yetkazib berish,
brakonyerlarni aniqlash va
boshqa koʻplab maqsadlarda foydalaniladi.
Virtual reallik
Virtual reallik (VR) kompyuter tomonidan yaratilgan muhit
bo‘lib, ayrim hollarda virtual borliq deb ham ataladi,
inson
ushbu dunyoga o‘zini tasavvur etishi va turli harakatlarni
amalga oshirish uchun o‘zaro munosabatga kirishishi mumkin.
Virtual reallik oʻyinlarga aloqadordek koʻrinadi, ammo undan
boshqa, jiddiyroq maqsadlarni
amalga oshirishda ham
foydalaniladi. VRlar kundalik hayotimizga juda ko‘p yo‘llar bilan
taʼsir etishi mumkin.
Xulosa
●
Kompyuter tizimining jismoniy qismlari uning qurilmalarini tashkil etadi.
●
Dasturiy ta’minot yordamida kompyuter tizimi uchun ko‘rsatmalar beriladi.
●
Qurilmalar o‘z vazifasini bajarishi uchun dasturiy taʼminotdan foydalaniladi.
●
Kompyuter asosan kiritish,
qayta ishlash, chiqarish va saqlash qurilmalaridan iborat.
●
Markaziy protsessor (CPU) bilan bir qatorda kompyuterda ikkita turli xotira ham mavjud: RAM va ROM. RAM ma’lumotlarni qayta
ishlash jarayonida maʼlumot va dasturiy taʼminotni saqlasa-da, kompyuter oʻchirilganida ularni saqlab qolmaydi.
ROM esa
kompyuter yoqilganida asosiy dasturiy taʼminotni saqlaydi va kompyuter oʻchirilganida ham maʼlumotlarni saqlab qoladi.
●
Zaxira xotirasi kompyuter xotirasidan farq qiladi.
●
Tashqi xotira qurilmalari kompyuter oʻchiq holatida ham dasturiy taʼminot va maʼlumotlarni saqlaydi.
●
Operatsion tizimning foydalanuvchi interfeyslari turlicha boʻladi. Bunga buyruq qatori interfeysi (CLI) va foydalanuvchining grafik
interfeysini (GUI) misol qilish mumkin.
Boshqariladigan VR muhitida, har bir koʻzingiz
ozroq farq
bilan koʻrishi uchun koʻzoynak taqasiz, bu manzaradagi
obyektlarning tasvirini hajmli qilib koʻrsatuvchi 3D-effektini
beradi. Shuningdek, barmoqlarning
harakatini aniqlay
oladigan qoʻlqoplar hamda nima eshitayotganingizni nazorat
qilish uchun quloqchin taqishingiz mumkin.
Kundalik hayotdagi VRga ayrim misollar: