• KALIT SOʻZLAR Biometriya
  • Kvant kriptografiyasi
  • Biometriya 8-bobda  biometrik maʼlumotlar




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet24/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    Biometriya
    8-bobda 
    biometrik maʼlumotlar haqida bilib olasiz, 
    bunda texnologiyalar biometrik barmoq izlari, koʻzning toʻr 
    pardasini skanerlash yoki DNK kabi jismoniy xususiyatlar 
    hamda ovoz shablonlari yoki husnixat va imzo kabi xulq-
    atvor xususiyatlariga asoslangan noyob hamda kuchli 
    autentifikatsiyani taʼminlashiga guvoh boʻlasiz.
    KALIT SOʻZLAR
    Biometriya: axborot kommunikatsiya texnologiyalarida 
    biometriya deganda barmoq izlari, koʻzning toʻr va rangdor 
    pardasi, ovoz va yuz shablonlari, qoʻl oʻlchovlari kabi 
    noyob shaxsiy xususiyatlarni tahlil qiladigan texnologiyalar 
    tushuniladi.
    Hozirda biometrik tizimlardan asosan quyidagi maqsadlarda 
    foydalaniladi:
    verifikatsiya: shaxsning chindan ham oʻzi 
    gapirayotganligiga ishonch hosil qilish;
    identifikatsiya: omma orasidan biror kishini aniqlab olish;
    skrining: “qidiruv roʻyxati”da boʻlishi mumkin boʻlgan 
    kishini aniqlash uchun tekshirish.
    Kvant kriptografiyasi
    Kvant kriptografiyasi yorugʻlik xossalariga, xususan, fotonlarga 
    tayanadigan kalitni yaratish uchun fizikadan foydalanadi. 
    Foton yakka holda koʻrish uchun nihoyatda kichik boʻlgan nur 
    zarrasidir. Har qanday yorugʻlik fotonlardan tashkil topadi; 
    nafaqat koʻrish mumkin boʻlgan nur, balki radiotoʻlqinlar, 
    televizion koʻrsatuvlar, rentgen nurlari, ultrabinafsha nurlar va 
    boshqalar ham fotonlardan tashkil topgan bo‘ladi. Yuqorida 
    keltirilgan dasturlar orasidagi farq radiatsiya toʻlqinlarining 
    uzunligidadir.
    Fotonlar vaznga ega emas va yorugʻlik tezligida harakatlanadi. 
    Ular qutblanish deb ataladigan yana bir xossaga ega boʻlib, 
    garchi tasavvur qilish qiyin boʻlsa-da, kvant mexanikasi orqali 
    maxfiy kalitni yuboruvchidan qabul qiluvchiga joʻnatish 
    imkonini beradi. Soʻng mazkur kalitdan internet kabi ochiq 
    kanal orqali yuborilgan kodlangan xabarlarni rasshifrovka 
    qilish(kodni ochish)da foydalanish mumkin.

    Download 132,8 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Biometriya 8-bobda  biometrik maʼlumotlar

    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish