9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari




Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/382
Sana22.11.2023
Hajmi132,8 Mb.
#103163
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   382
Bog'liq
IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

10
9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari


avtomobil? Haydovchisiz avtomobil qanday afzalliklarga ega? 
Ular xavfsizroq boʻladi, chunki avtohalokatga sabab boʻluvchi 
xatolarga yoʻl qoʻyadigan haydovchi boʻlmaydi! Haydovchisiz 
avtomobillar bilan muloqot qilish uchun sensorlardan 
foydalaniladi, shu sababli agar barcha avtomobillar haydovchisiz 
boʻlsa, ular xavfsiz tarzda tezroq harakatlana oladi hamda 
insonlarga boshqa ishlar bilan shugʻullanish uchun koʻproq vaqt 
taqdim etadi, bu esa iqtisodiyotga foyda keltirishi mumkinligini 
anglatadi. Shuningdek, agar avtomobillar bir-biri bilan muloqot 
qila olsa, yoʻllardagi tirbandliklar ham kamayishi mumkin. 
2011-yilda Google haydovchisiz avtomobillarni ishlab chiqardi. 
AQSHning ayrim koʻchalarida ularni uchratish mumkin.
Bu ishlab chiqarish joyidan yetkazish joyigacha bo‘lgan 
mahsulot harakatining barcha bosqichlarini boshqaruvchi 
logistika sanoati uchun ham foydali boʻladi. Kompaniya 
tomonidan mahsulotlarni yetkazish jarayonini boshqarishda 
yuk mashinasi haydovchilari va yuk mashinalari uchun 
aniq muhlatlar belgilanadi. Haydovchisiz transport 
vositalari sutkasiga 24 soat yoʻl yura olgani sababli mazkur 
cheklovlarning oldi olinishi mumkin; safarga haydovchining 
dam olish vaqti yoki ovqatlanish uchun tanaffuslarni ham 
kiritish shart boʻlmaydi. Bu xarajatlarning qisqarishiga olib 
kelishi mumkin. Haydovchisiz avtomobillardan manfaat 
koʻrishi mumkin boʻlgan yana bir toifa – avtomobil hayday 
olmaydigan nogiron insonlardir; ular maʼlum darajada 
harakatlanish va mustaqil bo‘lish imkoniyatiga ega boʻladi.
Ushbu innovatsiyaning ayrim kamchiliklari ham bor. Masalan, 
tirikchiligi transport vositasini haydash bilan bogʻliq boʻlgan 
odamlar ishsiz qolishi mumkin; dastur ishonchli va xakerlardan 
xavfsiz boʻlish kerak; mustaqil harakatlanadigan avtomobillar 
joylashgan joy haqidagi maʼlumotlarini toʻplash va almashinish 
majburiy bo‘lganligi sababli shaxsiy hayot daxlsizligi bilan bogʻliq 
xavotirlar ham boʻlishi mumkin. Agar qandaydir muammo paydo 
boʻlib, avtohalokat yuz bersa, kim javobgar boʻlishini aniqlash 
uchun huquqiy hujjat ham mavjud emas.

Download 132,8 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   382




Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari

Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish