1.04 Kompyuter turlari
Turli vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan kompyuterlar mavjud.
Mazkur boʻlimda siz kompyuter turlarini oʻrganasiz va ular
bajarishi mumkin boʻlgan vazifalarni taqqoslaysiz.
1990-yillarda portativ (koʻchma) kompyuterlar ommalashgan va
laptop (“lap” – tizza, “top” – ustida) nomi bilan tanilgan. Chunki
ular desktop kompyuterlarga qaraganda ancha portativ, mobil
vazifalarni bajarishda koʻplab afzalliklarga ega, biroq planshetlar
kabi portativ emas. Laptoplar
desktop kompyuterlari kabi
moslashuvchan hamda ular kabi quvvatga ega, lekin vazni va
hajmiga ko‘ra planshet ancha portativ hisoblanadi.
Odatda desktop (“desk” – stol, “top” – ustida, ba’zida
“Kompyuter”, “Shaxsiy kompyuter”, “Personal kompyuter”, “PC”
deb yuritiladi) kompyuterlardan ularni bir joyga joylashtirgan
holda foydalaniladi. Desktop kompyuterlarni ham, laptoplarni
ham tarmoqqa ulash mumkin. Tasavvur qiling, bir yoki undan
ortiq kompyuter yoxud laptopingiz boʻlsa,
ular yordamida uy
tarmogʻini yaratish mumkin bo‘lar edi. Shunda sizga faqat
bitta printer kerak boʻladi va bu fayllarni tarmoqdagi boshqa
kompyuterlar bilan boʻlisha olish imkoniyatini ham beradi.
4-bobda kompyuter tarmoqlari haqida koʻproq maʼlumot olasiz.
Planshet kompyuterlari 2010-yilda ommabop bozor mahsulotiga
aylandi. Planshet internetga kira oladigan va qoʻlda olib yurish
uchun yetarlicha kichik boʻlgan kompyuterdir. U sensorli
displeyga ega boʻlib, uning elektr sxemasi va batareyasi bitta
blokda joylashgan. Shuningdek, u sensor, kamera,
mikrofon
va karnayga ega boʻlishi mumkin. Planshetlarda odatda “ilova”
deb ataladigan dasturiy ta’minotdan foydalaniladi. Planshetlar
foydalanish uchun sodda hamda koʻtarib yurish uchun yengildir;
ular ishga tushishi bilanoq tezda internet va ilovalarga kirish
imkonini taqdim qiladi.
Barcha planshetlar Wi-Fi yordamida internetga ulana
oladi. Shu bilan birga 3G yoki 4G mobil internet aloqasidan
foydalanish imkonini beruvchi planshetlar ham mavjud.
Bunday turdagi planshet koʻpincha “uyali vosita” deb
taʼriflanadi. Bunday planshetlarning kamchiligi – ulardan
foydalanish uchun ayrim qoʻshimcha xarajatlar mavjud
ekanligidir: planshet narxi qimmatroq boʻladi,
shuningdek,
ushbu planshetdan foydalanish uchun har oy haq ham toʻlash
kerak boʻladi.
Planshetingiz orqali uyingizdan yoki siz ishlamoqchi bo‘lgan
boshqa yerlardan WI-Fi yordamida internetga ulanishingiz
mumkin. Koʻpchilik foydalanuvchilar uchun faqat Wi-Fi
tarmogʻida ishlaydigan planshetlar yetarli, chunki Wi-Fi
aloqasidan uzoq boʻlganingizda foydalanishingiz mumkin
boʻlgan kontentni planshetga yuklab olsangiz bo‘ladi. Biroq
uydan tashqarida bo‘lgan vaqtingizda elektron xabarlardan
muntazam xabardor boʻlib turishingiz kerak boʻlsa, unda 3G
yoki 4G ga ega planshet versiyasidan foydalanishingiz zarur.
Shunda Wi-Fi tarmog‘iga ega bo‘lmagan
paytingizda ham
internet xizmatlaridan foydalana olasiz.
Smartfon – koʻp funksiyali mobil telefon. Uning mittigina
korpusi ichiga kamera, zichligi yuqori displey, katta hajmli
xotira, mikro SD karta sloti va sensorli ekran joylashgan
bo‘ladi. Planshetdagi kabi ilovalarni yuklab olishingiz va tezkor
ravishda internetga ulanishingiz mumkin;
smartfondan elektron
pochtadan foydalanish, internetda veb-sahifalarni koʻrish,
musiqa eshitish va (ekran anchagina kichik boʻlsa ham) kino
tomosha qilishishingiz mumkin. Shuningdek, undan GPS (Global
Positioning System) navigatsiya va ovozni tanib olish(klaviatura
kichkinaligi uchun tez ishlatishda noqulayligi sababli, ushbu
funksiyadan foydalanish qo‘l keladi)da foydalanish mumkin;
unda fotokamera va videokamera funksiyasi ham mavjud.
Planshetlar kabi smartfonlar ham ilovalar deb ataluvchi
kichraytirilgan dasturlardan foydalanadi, ularning siz
xayolingizga keltira oladigan deyarli har qanday sohaga
oid turi topiladi. Masalan, sog‘liq
va fitnes nazorati,
yulduzlarni aniqlash, matn bilan ishlash, elektron jadvallar va
diagrammalar bilan ishlash, oʻyin oʻynash kabi ilovalar. Ushbu
roʻyxatni planshetdan foydalanish sohasi yo‘nalishida cheksiz
davom ettirishingiz mumkin.
1.07-rasm. Portativ kompyuterlar (a) laptop (b) planshet.