|
9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari Pdf ko'rish
|
bet | 15/382 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 132,8 Mb. | | #103163 |
Bog'liq IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslikvaqtinchalik jarayon” deyiladi.
Doimiy xotira: ROM deb ataladi. Unda oldindan oʻrnatilgan
maʼlumotlar saqlangan bo‘lib, ularni oʻchirib boʻlmaydi. RAMdan
farqli ravishda, ROM kompyuter oʻchirilganda ichidagi kontentni
saqlab qoladi. Shu sababli u “
doimiy xotira” deb ataladi.
CPU
ROM
RAM
Ishga tushish
boʻyicha
koʻrsatmalar
Ayni damda
foydalanilayotgan
dasturlar va
maʼlumotlar
1.05-rasm – ROM va RAM.
Tezkor xotira vaqtincha xotiradir. Ushbu jarayon kompyuter
oʻchirilganda xotira hamma narsani unutishini anglatadi. Shu
sababli keyingi safar yoqqaningizda, ishlatayotgan barcha
dasturlaringiz va hujjatingizni qayta yuklashingiz kerak bo‘ladi.
Dasturlar va maʼlumotlarni qayta yuklash uchun kompyuter
yoqilgan va ishlayotgan boʻlishi kerak. Demak, kompyuter ishga
tushishi uchun xotirada qandaydir dastur o‘rnatilgan boʻlishi
lozim. Ishga tushirish dasturi
doimiy xotira (ROM, 1.05 rasmga
qarang) deb ataluvchi asosiy xotirada saqlanadi. Kompyuterni
elektr manbayidan uzib qo‘yish orqali ham ROMdagi axborotni
oʻzgartirib boʻlmaydi.
ROM xotirasi dasturlarni ishga tushirish va ularda
ma’lumotlarni tahrirlash uchun yetarli boʻlmaydi, chunki
foydalanuvchilar narsalarni oʻzgartirishni xohlaydi. Agar siz
maktabdagi vazifalarni bajarish uchun matn muharriridan
foydalanishni, undan keyin esa elektron pochtangizni
tekshirish yoki oʻyin oʻynashni xohlasangiz, kompyuter
foydalanadigan koʻrsatmalar toʻplamini oʻzgartirishga to‘g‘ri
keladi. Agar kompyuterda faqatgina ROM xotirasi boʻlganida,
bu amallarni bajarib boʻlmas edi, chunki biz uning kontentini
oʻzgartira olmaymiz. Shu sababli bizga xotiraning boshqa
shakli kerak boʻladi.
Xotiraning mazkur boshqa shakli
|
| |