• KALIT SOʻZLAR Linker-dastur
  • • dasturlarni yuklab olish funksiyasi; •




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet11/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    dasturlarni yuklab olish funksiyasi;
    printer kabi tashqi qurilmalardan foydalanish uchun 
    qurilma drayverlari;
    • linker-dasturlar: aksariyat dasturlash tillari vazifani 
    soddalashtirish uchun katta dasturlarni turli kod qismlariga 
    (yoki modullarga) ajratib chiqadi. Linker dasturlari ushbu 
    dasturlar ishlashi uchun mayda modullarni birlashtiradi.
    KALIT SOʻZLAR
    Linker-dastur: kompilyator tomonidan yaratilgan 
    fayllarni qabul qilib, ular ijro etilishi uchun yagona faylga 
    birlashtiradigan kompyuter dasturi.
    Kompilyator: berilgan kodni kompyuter tushuna oladigan 
    tilga oʻgiradigan kompyuter dasturi.
    Utilit: kompyuterni tahlil qilish, sozlash, optimallashtirish 
    va unga xizmat koʻrsatish kabi vazifalarni bajara oladigan 
    TDTning qismi.
    Utilit dasturlar kompyuterning samaraliroq ishlashiga 
    yordam beradigan yoki unga yangi funksiya qoʻshadigan 
    dasturdir. 
    Utilitlar tarkibiga antivirus dasturlari, 
    ma’lumotlar nusxasini yaratish, disklarni ta’mirlash uchun 
    defragmentator dasturlar, fayllarni boshqarish, xavfsizlik va 
    tarmoq dasturlari kabilar kirishi mumkin.
    Foydalanuvchining grafik interfeysi.
    Operatsion tizimdagi xizmatlarga kirish imkonini beruvchi 
    qobiq dasturlar.
    BIOS (asosiy kiritish-chiqarish tizimi) operatsion tizim 
    buyruqlarini qurilmalar bajaradigan amallarga aylantiradi. 
    BIOS boʻlmasa, operatsion tizim qurilmalar bilan muloqot 
    qila olmaydi.
    Gipervizor – kompyuterga bittadan koʻp operatsion 
    tizim oʻrnatish imkonini beruvchi dasturiy ta’minot. 
    U joriy hisoblash muhitidagi CPU, RAM (tezkor xotira) 
    kabi manbalarni ikki yoki undan ortiq mustaqil “virtual 
    mashinalar”ga ajrata oladi. Har bir virtual mashina oʻz 
    operatsion tizimini ishga tushira oladi, bunda xuddi virtual 
    mashinada alohida CPU va RAM bordek koʻrinadi.
    Bootloader kichik hajmdagi kod boʻlib, kompyuter 
    yoqilganida birinchi ishga tushuvchi dasturiy ta’minotdir. 
    Soʻng u operatsion tizimni “yuklaydi” hamda ishga 
    tushiradi.

    Download 132,8 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    • dasturlarni yuklab olish funksiyasi; •

    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish