|
Audio karta ovozlarni tinglash, yozib olish va ijro qilish
imkonini beradi.
Elektr taʼminotiBog'liq IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslikAudio karta ovozlarni tinglash, yozib olish va ijro qilish
imkonini beradi.
Elektr taʼminoti elektr tarmogʻidagi oʻzgaruvchan (AC)
tokni doimiy (DC) elektr tokiga aylantiradi va uni boshqa
komponentlarga yetkazadi.
Qattiq disk (1.03-rasmga qarang) dasturlar va maʼlumotlarni
saqlash uchun foydalaniladigan xotira turi. Kompyuter
undan ma’lumotlarni oʻqishi va yozishi mumkin (Biz “undan
oʻqishi” deganda qattiq diskdagi faylni ochishi va kontentni
xotiraga yuklashni nazarda tutamiz; “unga yozish” deganda
esa qattiq diskka saqlash tushuniladi). Disk o‘quvchi
qurilma(diskovod)-ning har xil turlari mavjud boʻlib, ular
asosan diskni aylantirish orqali ishlaydi va oʻqish/yozish uchun
disk golovkasidan foydalanadi. Qattiq disklar uchun magnitli
golovka ishlatiladi.
1.03-rasm. Tashqi qattiq disk.
Tashqi qurilmalar
Kompyuterning turli tashqi qurilmalari mavjud bo‘lib, koʻp
uchraydiganlari klaviatura, sichqoncha, trekpad, printer va
skaner qurilmalari hisoblanadi. 1.01-SAVOL
Dasturiy taʼminot (Software)
Kompyuter tizimini ishga tushiruvchi koʻrsatmalar toʻplami
dasturiy taʼminot deb ataladi. Kompyuter tizimi juda
takomillashgan, zamonaviy yoki qimmatbaho qurilmalardan tashkil
topgan boʻlishi mumkin. Ammo ishlashi uchun bajarilishi kerak
boʻlgan koʻrsatmalar boʻlmasa, ushbu qurilmalar orqali ishni tashkil
etib bo‘lmaydi. Dasturiy taʼminotning ikkita asosiy turi mavjud:
• tizimli dasturiy ta’minot kompyuter ish faoliyatini tashkil
etish uchun zarur bo‘lgan dasturlar;
• amaliy dasturiy ta’minot kundalik vazifalarni kompyuterda
bajarish imkonini beruvchi dasturlar. Amaliy dasturlarda ishlay
olish uchun operatsion tizim kerak boʻladi.
KALIT SOʻZLAR
Amaliy dasturlar: maʼlum bir yo‘nalishdagi amallarni
bajaruvchi dasturlardir. Jumladan, matn muharrirlari, elektron
jadvallar yoki raqamli taqdimotlar. Amaliy dasturlarni tizimli
dasturiy ta’minotsiz ishga tushirib boʻlmaydi.
|
| |