• CPU qanday vazifani bajaradi CPU asosiy platadagi soketga qotiriladi va turli qismlardan tashkil topadi: •
  • 9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    Xotira qurilmasi 
    barcha maʼlumotlar va dasturiy taʼminotni 
    saqlaydi.
    KALIT SOʻZLAR
    Protsessor: CPU deb ataladi, u markaziy protsessor bloki 
    tushunchasining qisqartmasi hisoblanadi.
    Ichki qurilmalar
    Tizimli blok ichidagi qurilmalardan biri (1.02-rasmga qarang) 
    protsessor
    yoki CPU (asosiy plataga biriktiriladigan chip) 
    hisoblanadi. Protsessor kompyuter dasturlarini ishga tushirish 
    davomida murakkab hisoblash amallari va mantiqiy amallarni 
    bajaradi. Shu bilan birga kompyuterning boshqa qismlariga 
    koʻrsatmalar yuboradi.
    CPU qanday vazifani bajaradi?
    CPU asosiy platadagi soketga qotiriladi va turli qismlardan 
    tashkil topadi:
    arifmetik mantiqiy blok (ALU), unda hisoblash amallari 
    bajariladi:
     

    mantiqiy amallar, jumladan, 
    ANDORNOT va 
    boshqalar;
     

    bitlarni siljitish amallari, bunda bitlar joylashuvining 
    chap yoki oʻngga ko‘chirilishi yoki “siljitish” jarayoni 
    nazarda tutiladi (xuddi koʻpaytirish amalini 
    bajargandek);
     

    qoʻshish va ayirish kabi arifmetik amallar (chunki 
    koʻpaytirish uchun qoʻshish amalidan va boʻlish uchun 
    ayirish amalidan foydalanish mumkin);
    boshqaruv bloki (CU), kompyuterning turli qismlarini 
    boshqaradi, shuningdek, xotiradagi koʻrsatmalarni oʻqiydi 
    va interpretatsiya qiladi hamda hisoblash amallarining turli 
    qismlarini faollashtirish uchun ularni signallarga aylantiradi;
    koʻrsatmalar va maʼlumotlardan nusxa olish hamda ochish 
    mumkin boʻlgan yuqori tezlikda ishlovchi kesh xotirasi.
    Yuqorida keltirilgan hisoblash amallari qanday bajarilishini 
    tushunish uchun ikkilik sanoq tizimi haqida biroz maʼlumotga 
    ega boʻlish kerak.
    Elektr kabellari
    CD ROM, optik 
    disk qurilmasi
    CPU
    (Kuler tagida)
    CPU kuleri
    Video karta
    Keys kuleri
    Elektr taʼminoti
    Asosiy plata
    (Bosh plata, Ona plata)
    Maʼlumot
    uzatish kabeli
    Asosiy xotira
    1.02-rasm. Kompyuterning ichki qismlari.

    Download 132,8 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari

    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish