Kirish
Ushbu darslik Cambridge IGCSE
ICT kitobi asosida ishlab
chiqildi. Izlanishlar natijasida o‘quvchilarni koʻproq axborotni
bilib olishga qiziqtirish maqsadida AKTdan foydalanishga oid
zamonaviy va qiziqarli misollarni ham qoʻshishga qaror qilindi.
AKT sohasidagi doimiy oʻzgarishlar
darslikning ushbu nashrini
chop etishni taqozo qildi. Mavzudagi nazariy ma’lumotlarni
yozish vaqtida chetda qoldirilgan koʻplab jihatlar
amaliy
boblarning skrinshotlarida misollar orqali tushuntirilgan.
Bundan tashqari, ushbu nashrda
AKTning ayrim sohalaridagi
yangicha qarashlar haqida axborotlar yoritilgan.
Darslik mazmuni
Dastlabki 11 ta bob oʻzingiz yoki sinf bilan birgalikda
bajarishingiz mumkin boʻlgan nazariya,
tadqiqot mavzulari va
ayrim mashqlardan iborat. Keyingi 12–21- boblar esa amaliy
mavzudagi boblar boʻlib, ular nashriyot hujjatlarini chop etish,
elektron jadvallar yordamida
masalani modellashtirish, veb-
saytlar yaratish va maʼlumotlar bazalaridan foydalanishdan
iborat vazifalarni bajarishingizda yordam beradi. 12–21-
boblardagi amaliy mashqlarda CD - ROM orqali bajariladigan
topshiriqlar mavjud.
Asosiy maqsad
Ushbu darslik informatika va AT fanidan tadqiqotlar oʻtkazish,
mustaqil fikrlash hamda tizimli
yondashuvlar asosida yangi
amaliy koʻnikmalarga ega boʻlishingiz uchun imkoniyat va
koʻmak beradi.
Darslikni oʻrganish jarayonida turli savollarga javob topishingiz
va oʻqish davomida duch kelishingiz mumkin boʻlgan amaliy
usullarni tushunishga yordam beruvchi tayanch bilimlarni
olasiz.
Bilim olishingizda yordam berishi uchun koʻplab boblarda
imtihon usulida ishlab chiqilgan savollar mavjud.
Faqat siz uchun
Bu darslikning
afzalliklaridan biri shundaki, muhokama uchun
berilgan mavzular sizni mustaqil fikrlashga hamda savollarni
oʻrganib chiqib, boshqalarni tinglaganingizdan keyin o‘z
javoblaringizni tushuntirib berishga undaydi.
Shu sababli, darslik Informatika va AT fanini o‘rganish
davomida va kelgusi oʻqish jarayonlaringizda
asosiy bilim va
amaliy koʻnikmalarni oʻrgatishga moʻljallangan. Umid qilamizki,
fanni o‘rganish davomida bu kitob sizga juda foydali boʻladi.