1-bob:
Kompyuter tizimining turlari va komponentlari
Taʼlim maqsadlari
Bu bob yakunigacha quyidagi bilimlarga ega boʻlasiz:
■
kompyuter tizimining qurilma komponentlarini aniqlashni, ichki
qurilmalarni aytib berishni;
■
kompyuterning tashqi va yordamchi qurilmalarini aytib berishni;
■
dasturiy ta’minot tushunchasi, kompyuterni boshqarish yoki elektron ma’lumotlarni qayta ishlash uchun
foydalaniladigan dastur
ekanini aniqlashni;
■
software tushunchasini izohlashni;
■
tizimli dasturiy ta’minot tushunchasini
tasvirlab berishni; foydalanuvchining grafik interfeysi (GUI) va buyruqlar qatori
interfeysi(CLI)-ni o‘z ichiga olgan operatsion tizimlarni aniqlashni;
■
markaziy protsessor va uning
vazifasini aytib berishni;
■
ichki xotira turlarini aytib berishni hamda ROM va RAM xotiralarni o‘zaro
taqqoslashni;
■
kiritish va chiqarish qurilmalari haqida aytib berishni va ularni farqlay olishni, ikkilamchi/ tashqi
xotira turini izohlashni;
■
shaxsiy stol va portativ kompyuterdan tarmoqqa ulangan va ulanmagan holda foydalanish usullarini, xususiyatlarini aytib
berishni va ularni o‘zaro taqqoslashni;
■
3G / 4G texnologiyasini qo‘llagan holda, planshet va smartfonlardan foydalanish usullarini, xususiyatlarini aytib berishni va ularni
o‘zaro taqqoslashni;
■
rivojlanayotgan texnologiyalar kundalik hayotga qanday ta’sir ko‘rsatayotganini tasvirlab bershni bilib olasiz.
1
1-bob haqida umumiy maʼlumot
Deyarli barcha sohalarda
axborot va kommunikatsiya
texnologiyalari (AKT) elementlaridan foydalaniladi. Ushbu
bobda turli AKT tizimlari, ularning jamiyatga taʼsiri va ta’sir
etish darajasini tushunishga yordam beruvchi ma’lumotlar
berilgan.
Birinchi navbatda, qurilmalar va dasturlar, ular orasidagi
farq;
kompyuter qurilmalari, operatsion tizimlar va ularning
turlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lasiz. Va nihoyat,
yangi
rivojlanayotgan texnologiyalar va ularning hayotimizga taʼsir
etish jarayoni bilan tanishasiz.
1.01-rasm. An’anaviy kompyuter tizimi.