• KALIT SOʻZLAR Asosiy plata
  • Desktop kompyuter va laptop
  • 9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    1.01 Kompyuter qurilmalari va 
    dasturiy taʼminot
    Kompyuter tizimi asosan ikki qismdan tashkil topgan. 
    1.01-rasmda an’anaviy kompyuter tizimi aks etgan bo‘lib, 
    u qurilmalar va dasturiy taʼminotdan iborat. Bu boʻlimda 
    kompyuter qurilmalari, ularning qismlari hamda dasturlar va 
    operatsion tizim orasidagi farqni bilib olasiz.
    Kompyuter qurilmalari kompyuter tizimi qismlaridan, yaʼni 
    tegish mumkin boʻlgan jismlardan tashkil topadi. Bularga keys, 
    monitor, klaviatura, sichqoncha, printer, fleshka, shuningdek, 
    keys ichidagi barcha qismlar, masalan, qattiq disk, asosiy 
    plata, video karta kabi qismlar kiradi.
    KALIT SOʻZLAR
    Asosiy plata: CPU, RAM va boshqa qurilmalarga quvvat 
    taqsimlovchi va ularning oʻzaro aloqasini taʼminlovchi plata.
    Qurilmalarning har xil turlari mavjud, hatto mobil telefon ham 
    kichik qurilmalardan tashkil topgan bo‘ladi. Shunchaki, ular 
    telefon korpusi ichida joylashgan, agar korpusini yechsangiz, 
    ularni ushlab ko‘rishingiz mumkin! Shuning uchun ham ularni 
    qurilmalar deb atash mumkin bo‘ladi.
    Kompyuter dasturiy taʼminoti esa buning aksi: uni ushlash 
    mumkin emas. Dasturiy taʼminot – kompyuterda maxsus 
    amallarni bajarish uchun yaratilgan muayyan koʻrsatmalar 
    toʻplami. Kompyuter tizimi ishlashi uchun sizga qurilma va 
    dasturiy taʼminot kerak bo‘ladi.
    Desktop kompyuter va laptop
    Desktop kompyuterida odatda tizimli blok, alohida monitor, 
    klaviatura va sichqoncha boʻladi. U stol ustiga joylashgani 
    uchun “desktop” (oʻzbekcha – stol usti) deb ataladi. 
    Shuningdek, “all in ones” (barchasi bittada) deb nomlanuvchi 
    desktop kompyuterlar ham mavjud. Bunday kompyuterlarda 
    qurilmalar monitor ichida joylashgan boʻladi. Ikkala turdagi 
    kompyuter ham portativ kompyuter hisoblanmaydi.
    Noutbuk kompyuterda ham desktop kompyuterdagi 
    kabi qurilmalar bor, lekin unda monitor, klaviatura va sensorli 
    panel bitta qurilmaga birlashtirilgan bo‘ladi. Ushbu bobning 
    1.04-boʻlimida bu haqda batafsil maʼlumot beriladi.

    Download 132,8 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari

    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish