Ikkilik sanoq tizimi faqatgina 0 va 1
raqamlaridan tashkil topgan
va dasturlash davomida “1” – “yoniq” yoki “0” – “oʻchiq” ekanini
bildiradi. Chiroqni yoqib-o‘chirgich bilan taqqoslang,
yoniq
holatini 1 deb belgilang, o‘chiq holatini 0 deb tasavvur qiling.
Kompyuterlar maʼlumotni ikkilik sanoq tizimida saqlaydi
va qayta ishlaydi. Masalan, kompyuter “B” harfini 01000010
sifatida saqlaydi. Maʼlumotlar
nollar va birdan tashkil
topgan qatorlar koʻrinishida saqlanadi, chunki kompyuter
“salom” yoki “oʻqituvchi” kabi soʻzlarni, “49”
kabi sonni
tushuna olmaydi; u faqat yoqiluvchi yoki oʻchiriluvchi elektr
signallarini tushuna oladi. Bu signallar 0 (signal yoq) yoki
1 (signal bor) kabi tasvirlanishi mumkin. Qolgan barcha
narsalar elektr signallarining mavjudligi yoki mavjud emasligi
kombinatsiyalaridan iborat boʻladi.
Bir signal birligining nomi
(0 yoki 1) “bit” deb ataladi, u inglizcha ikkilik raqam (
binary
dig
it) soʻzlari qisqartmasidan olingan.
Kompyuter bir nechta bitlarni birlashtirib, turli maʼlumotlarni
taqdim etishi mumkin. Masalan, 01000001 “A”
harfini va
01000010 esa “B” harfini ifodalaydi.
Ahamiyat qilsangiz, har ikki misoldagi A va B harflari sakkizta
bitdan iborat. Buning sababi aksariyat hollarda sakkiz bit o‘zaro
birlashtirilib ishlatilishidadir. Ya’ni
sakkiz bit
bir bayt deb ataladi.
KALIT SOʻZLAR
Audio karta: audio axborotni audio qurilmaga, jumladan,
karnay yoki quloqchinga yuborish imkonini beruvchi qurilma.
Video karta: tasvirni ekranda aks
ettirish imkonini beruvchi
ichki sxema.
Ichki qurilmalar
Video karta, ushbu qurilma grafik karta deb ham ataladi.
U tasvir hosil qilish, ularni inson tushunadigan ko‘rinishga
o‘zgartirish va displey orqali chiqarish vazifasini bajaradi.