• ESLATMA
  • Ikkilamchi xotira qurilmasi
  • 9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet16/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    tezkor xotira (RAM) deb 
    ataladi. Joriy vaqtda foydalanilayotgan barcha dasturlar
    ulardagi maʼlumotlar tezkor xotirada saqlanadi.
    RAM xotirasini ish stoli yoki parta deb tasavvur qiling. Ishga 
    kirishishdan oldin noutbuk, darslik, bloknot va ruchkangizni 
    olib, barchasini stolga qoʻyishingiz kerak. Bu xuddi kerakli 
    dasturni RAMga joylashtirish uchun dastur ikonkasi ustiga 
    bosish orqali uni ishga tushirishga oʻxshaydi; keyin esa kerakli 
    faylni ochishingiz, yaʼni RAMga joylash uchun kursorni uning 
    nomi va u saqlanadigan disk ustiga bosishingiz kerak bo‘ladi. 
    Endi ishingizni bajarish uchun kerak boʻlgan barcha narsa 
    mavjud, ulardan foydalanishingiz mumkin.
    Odatda kompyuterdagi RAM xotira ROMdan ancha katta boʻladi, 
    chunki RAM xotirasi koʻproq narsani saqlashi kerak. Biroq baʼzi 
    kompyuter tizimlarida ROM xotirasi katta bo‘lishi mumkin; 
    bunga kir yuvish mashinasi kabi mikroprotsessor tomonidan 
    boshqariladigan kundalik maishiy jihozlar misol bo‘la oladi.
    ESLATMA: ROM asosiy xotirasini CD ROM yoki DVD ROM bilan 
    almashtirib yubormang; ular boshqa qurilmalardir.
    Zaxira xotiralar
    Tashqi xotira qurilmasidan protsessor oʻchirilganda 
    dasturlar va maʼlumotlarni saqlash uchun foydalaniladi. Ushbu 
    dastur va maʼlumotdan foydalanish uchun ularni protsessor 
    xotirasiga qayta joylashtirish lozim.
    Ushbu saqlash qurilmasi 
    zaxiradagi xotiraikkilamchi 
    xotira yoki tashqi xotira deb ham ataladi. Bu nomlarning 
    barchasi ayni bir qurilmani anglatadi.
    KALIT SOʻZLAR
    Zaxira xotira: maʼlumotlarni saqlash uchun ikkilamchi xotira 
    qurilmasi.
    Tashqi xotira qurilmasi: maʼlumotlarni saqlash uchun xotira, 
    odatda kompyuterdagi USB-portiga ulanadi.
    Ikkilamchi xotira qurilmasi: baʼzan tashqi xotira deb 
    ataladi, bu energiyaga bo‘g‘liq bo‘lmagan xotira hisoblanadi 
    (kompyuter oʻchirilganda saqlangan maʼlumotlar o‘chib 
    ketmaydi); flesh xotira qurilmasi bunga misol boʻladi.

    Download 132,8 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari

    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish