• Umumiy maqsadli dasturlar
  • • Taqdimot dasturidan slayd-shou va taqdimotlar yaratishda  foydalaniladi. •




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    Taqdimot dasturidan slayd-shou va taqdimotlar yaratishda 
    foydalaniladi.
    Bosma nashrlarni tayyorlash (DTP – Desktop Publishing) 
    toʻplamlari plakatlar, axborot byulletenlari va jurnallar 
    tayyorlash uchun ishlatiladi.
    Tasvir muharriri raqamli kamerada olingan fotosuratlar 
    yoki skaner qilingan tasvirlarni tahrirlash uchun ishlatiladi.
    Video tahrirlash dasturi.
    Grafik dasturlar sanʼat asarlari yaratish va ularni tahrirlash 
    uchun ishlatiladi.
    Avtomatlashtirilgan loyihalash dasturlari loyiha maketlari 
    va rejalar tayyorlash uchun ishlatiladi.
    Veb-brauzerlar va elektron pochta kabi kommunikatsiya 
    dasturlaridan internetga kirish, elektron xabarlarni 
    yuborish hamda ularni qabul qilishda foydalaniladi.
    Veb-sahifa muharrirlaridan veb-sahifalar yaratish uchun 
    foydalaniladi.
    Audio yaratish va tahrirlash dasturlari arzon narxda yuqori 
    sifatli musiqa yaratishning ommabop usuli hisoblanadi.
    Applet – interaktiv animatsiyalar yoki boshqa oddiy 
    vazifalarni hal etishda foydalaniladigan kichik dastur.
    App. (toʻliq nomi Application) odatda smartfon, planshet yoki 
    boshqa mobil qurilmada foydalaniladigan dasturiy ta’minot.
    Umumiy maqsadli dasturlar (standart dasturlar deb ham 
    ataladi) birgalikda xarid qilinishi uchun bitta toʻplam(paket)ga 
    birlashtiriladi. Matn bilan ishlash, elektron jadval va taqdimot 
    dasturlari koʻpincha shu usulda toʻplamga birlashtiriladi.
    Baʼzi tashkilotlar aynan o‘ziga kerak boʻlgan dastur 
    xususiyatlariga ega maxsus ishlab chiqilgan dasturlarni afzal 
    koʻradi. Bunday turdagi maxsus ishlab chiqilgan dasturlar ish 
    haqini hisoblash, hisob raqamlari, ma’lumotlar nusxasini hosil 
    qilish va boshqarish, yo‘nalish trayektoriyalarini rejalashtirish
    turizm sanoati va ob-havo prognozi boʻyicha dasturlarni oʻz 
    ichiga olishi mumkin.

    Download 132,8 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    • Taqdimot dasturidan slayd-shou va taqdimotlar yaratishda  foydalaniladi. •

    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish